Farzandini tashlab ketayotgan otalarga

Assalomu alaykum! Hozirgi zamonimizda ko‘pchilik otalar farzandini tashlab xabarini olmay yani farzandini onasi bilan bir necha oy yashab xomladorligida tashlab ketib ketin na ayolidan na tug‘ilgan farzandidan xabar olmaydigan otalar ko‘paymoqda. Shunday otalarga maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohdan qo‘rqish kerak. Kishi nikohlanganidan keyin ayoli va farzandlarining nafaqasi zimmasiga vojib bo‘ladi. Quyida shu vojib burchlarni bayoni keladi:Erkak kishining ayoli olidagi nafaqa burchi.
Nikohdan so‘ng xotinning nafaqasi erga vojib bo‘ladi. «Nafaqa» so‘zi lug‘atda «yaxshilikka mablag‘ chiqarish» ma’nosini anglatadi. Shariatda esa o‘z qaramog‘idagi shaxsni etarli kiyim, taom va maskan bilan ta’minlashdir.
Nafaqaning erga vojib bo‘lishi Qur’on, sunnat, ijmo’ va aql ila sobit bo‘lgan.Qur’ondan dalillar:
Alloh taolo Taloq surasida shunday deb marhamat qiladi:
«Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor qilingan bo‘lsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh hech bir jonga O‘zi berganidan ortiqchani yuklamas. Alloh qiyinchilikdan so‘ng tezda osonlikni berur» (7-oyat).
Alloh taolo Baqara surasida bunday deydi:
«U(ona)larni ma’ruf ila edirib, kiyintirish otaning zimmasidadir» (233-oyat).
Alloh taolo Taloq surasida bunday deb marhamat qiladi:
«U (ayol)larga o‘zingiz yashab turgan joydan imkoningiz boricha joy bering» (6-oyat).Sunnatda kelgan dalillar:عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ: «...فَاتَّقُوا اللهَ فِي النِّسَاءِ. فَإِنَّكُمْ أَخَذْتُمُوهُنَّ بِأَمَانِ اللهِ، وَاسْتَحْلَلْتُمْ فُرُوجَهُنَّ بِكَلِمَةِ اللهِ. وَلَكُمْ عَلَيْهِنَّ أَنْ لَا يُوطِئْنَ فُرُشَكُمْ أَحَدًا تَكْرَهُونَهُ، فَإِنْ فَعَلْنَ ذَلِكَ فَاضْرِبُوهُنَّ ضَرْباً غَيْرَ مُبَرِّحٍ. وَلَهُنَّ عَلَيْكُمْ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ...». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَمَالِكٌ.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vidolashuv hajida dedilar: «...ayollar haqqida Allohdan qo‘rqinglar! Chunki siz ularni Allohning omonati ila olgansizlar. Ularning farjlarini Allohning kalimasi ila halol qilib olgansizlar. Sizlar uchun ularning zimmasida siz yomon ko‘rgan biror kishiga to‘shaklaringizni bostirmaslik majburiyati bor. Agar o‘shani qilsalar, ularni achitmaydigan qilib uringlar. Ular uchun sizning zimmangizda ma’ruf yo‘l bilan rizqlari va kiyimlarining majburiyati bor...».
Muslim, Abu Dovud va Molik rivoyat qilganlar. عَنْ حَكِيمِ بْنِ مُعَاوِيَةَ الْقُشَيْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَا حَقُّ زَوْجَةِ أَحَدِنَا عَلَيْهِ؟ قَالَ: «أَنْ تُطْعِمَهَا إِذَا طَعِمْتَ، وَتَكْسُوَهَا إِذَا اكْتَسَيْتَ أَوِ اكْتَسَبْتَ، وَلَا تَضْرِبِ الْوَجْهَ وَلَا تُقَبِّحْ، وَلَا تَهْجُرْ إِلَّا فِي الْبَيْتِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Hakim ibn Muoviya Qushayriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ey Allohning Rasuli, birimizning xotinining unda nima haqqi bor?» dedim.
«Qachon taomlansang, uni ham taomlantirasan. Qachon kiyim kiysang, 
(yoki mol kasb qilsang) uni ham kiyintirasan. Yuzga urmaysan. Haqoratlamaysan va uydan boshqa joyda hijron qilmaysan», dedilar u zot».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ هِنْدًا بِنْتَ عُتْبَةَ قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَبَا سُفْيَانَ رَجُلٌ شَحِيحٌ، وَلَيْسَ يُعْطِينِي مَا يَكْفِينِي وَوَلَدِي إِلَّا مَا أَخَذْتُ مِنْهُ وَهُوَ لَا يَعْلَمُ، فَقَالَ: «خُذِي مَا يَكْفِيكِ وَوَلَدَكِ بِالْمَعْرُوفِ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Hind bintu Utba: «Ey Allohning Rasuli, Abu Sufyon o‘ta baxil odam, unga bildirmay olganimdan boshqa menga va bolamga kifoya qiladigan hech narsa bermaydi», dedi.
«O‘zingga va bolangga etarlisini to‘g‘rilikcha ol», dedilar u zot.
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Barcha ulamolar ayollarning nafaqasi erlariga vojib bo‘lishiga ittifoq qilganlar. Ayol kishi erning xizmatlarini qilganidan keyin, uning izmida bo‘lganidan keyin, albatta, uning nafaqasi erga vojib bo‘ladi.
Nafaqa haqida quyidagi masalalarni bilib olish va ularga ixlos bilan amal qilish oila va uning a’zolari uchun o‘ta muhimdir:
1. Nafaqaning miqdori ikkisining holiga qarab bo‘ladi. Har ikkisi boy bo‘lsa, boylikka yarasha, kambag‘al bo‘lsa, kambag‘allikka yarasha bo‘ladi. Er boy, xotin kambag‘al yoki aksincha bo‘lsa, ikki holning o‘rtasida bo‘ladi. Agar xotin otasining uyida bo‘lsa ham yoki erning uyida bemor bo‘lsa ham.
Har bir oila o‘zining iqtisodiy holidan kelib chiqib, xotinning nafaqasini belgilashi kerak. Erlar mumsiklik qilmasliklari, xotinlar talabni haddan tashqari kuchaytirmasliklari lozim.
Hozirgi kunimizda erkaklarning ko‘pchiligi ayollarini nafaqa bilan ta’minlash borasidagi burchlarini sharaf bilan ado etayotganlari quvonchli holat. Lekin ba’zi holatlarda xotinlarga nafaqa masalasida zulm bo‘layotganligi haqida shikoyatlar ham ko‘p. Yana ayrim erkaklar, xotinini nafaqa bilan ta’minlamayotgani etmagandek, «Boshqalarning xotini ishlab pul topayotibdi, sen ham meni boqasan», deb televizor ko‘rib yotishibdi. Bu esa chidab bo‘lmaydigan holdir.
Faqih ulamolardan naql qilingan «Agar xotin otasining uyida bo‘lsa ham yoki erning uyida bemor bo‘lsa ham» degan jumla ham bugungi kunimizda alohida e’tiborga loyiq bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik xonadonlarda kelin bemor bo‘lib qolsa, otasinikiga olib borib qo‘yishni farz yoki vojib deb anglayotganlar ham yo‘q emas. Ota-ona, qarindoshlar yoki tanish-bilishlar xotini bemor bo‘lgan erkakka: «Ayoling bemor bo‘libdi, otasinikiga olib bor», deyishadi. Yana kelin tuzalgan kunning o‘zidayoq uni qaytarib olib kelishga amr qilishdan xijolat ham bo‘lishmaydi. Chunki bu narsa odatga aylanib qoldi. Aslida, betob bo‘lgan kelinni otasinikiga olib borib tashlash o‘zini bilgan har bir shaxs uchun or, nomus bo‘lishi kerak. Balki, mabodo, kelin otasinikida bemor bo‘lib qolsa ham, er uni o‘z uyiga olib kelib, davolashi lozim.Er zimmasidagi xotin uchun vojib nafaqalar besh qismdir:
A. Taom.
Bunga oziq-ovqat, ichimlik va taomga qo‘shib eyiladigan (sirka, yog‘ va shunga o‘xshash) narsalar hamda taom pishirish uchun ketadigan barcha mahsulotlar kiradi. Taomning miqdori etarli bo‘lishi kerak, mazkur miqdor erning boy-kambag‘alligiga qarab belgilanadi.
B. Kiyim.
Etarli darajada, bir sidirg‘a kiyim-bosh doimo bo‘lishi kerak. Hanafiy va Shofe’iy mazhablarida: «Har olti oyda bir sidirg‘a yangi kiyim olib beriladi», deyilgan.
V. Maskan.
Er o‘z xotinini maskan – turar joy bilan ta’minlashi vojib. Maskan erning moliyaviy imkoniyati darajasida bo‘ladi. Shu bilan birga, maskan to‘liq jihozlangan, unda yashash uchun kerakli har bir narsa bo‘lishi lozim.
G. Agar xotin xizmatkor ishlatib yuradigan toifadan bo‘lsa, xizmatkor solib berish ham uning nafaqasiga kiradi.
D. Tozalik asbob-anjomlari va uyning kerakli matohlari.2. Agar er moli bo‘la turib, ayoliga nafaqa qilmasa, qozi uni qamashga hukm chiqaradi. Ayol talab qilsa, erning boshqa mulklari sotilib, uning nafaqasi beriladi. Er noilojlikdan nafaqa bera olmasa, qamalmaydi.3. O‘zboshimchalik bilan uyidan chiqib ketgan, qarz uchun hibsga olingan, kuyovning uyiga kasalligi tufayli keltirilmagan, majburlangan (olib qochilgan) va erisiz haj qilgan ayolga nafaqa yo‘q.
Ayol agar eri bilan birga haj qilsa, shunda ham safar va kiraning nafaqasiga emas, muqimlik holatida oladigan nafaqasiga haqlidir.4. Boy erga xotin uchun bir xodimning nafaqasi ham vojib bo‘ladi. Sahih qavlga binoan, kambag‘al erga bu narsa vojib bo‘lmaydi.5. Erning nafaqadan ojizligi uchun oralari ajratilmaydi. Ayolga erning hisobidan qarz olish amr qilinadi.
Er nafaqa berishga ojiz bo‘lsa ham xotinidan ajratilmasligining hujjati quyidagicha.
Alloh taolo Baqara surasida marhamat qiladi:
«Agar nochor bo‘lsa, boyiguncha kutishdir» (280-oyat).
Demak, nochor odamning boyishini kutish kerak. Nochorligi uchun boshqa chora ko‘rish durust emas.
Alloh taolo Nur surasida shunday deb marhamat qiladi:
«Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying. Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlidan boy qilur. Alloh qamrovi keng, biluvchi Zotdir» (32-oyat).
Oyatda faqirlik nikohga to‘siq bo‘la olmasligi ta’kidlanmoqda.

6. Kimga kambag‘alligiga qarab nafaqa yuklangan bo‘lsa-yu, keyin boyisa, agar xotin talab qilsa, boyligiga mos nafaqa ila to‘latiladi.
Aksincha, boyligida nafaqa belgilansa-yu, keyin kambag‘al bo‘lib qolsa, kambag‘allik darajasiga qarab nafaqa qisqartiriladi.7. O‘tgan muddatning nafaqasi soqit bo‘ladi.
Er ma’lum muddat nafaqa bermay yurgan bo‘lsa, keyin uni to‘lashi lozim bo‘lmaydi.8. Illo, qozi tayinlagan yoki ikkovlari bir narsaga kelishgan bo‘lsalar, o‘tgan muddatnikini ham berish vojib bo‘ladi. Bunda ikkovlari ham tirik bo‘lishi shart. Agar biri vafot etgan yoki ayolni nafaqani olishidan avval taloq qilgan bo‘lsa, tayinlangan narsa soqit bo‘ladi. Biroq, ayol qozining amri ila qarz olgan bo‘lsa, soqit bo‘lmaydi.9. Muddatidan oldin berilgan nafaqa, ikkovlaridan biri muddatdan oldin vafot etsa, qaytarib olinmaydi.
Misol uchun, bir kishi xotinining bir yillik nafaqasini oldindan berib qo‘ydi. Ammo bir yil o‘tmasdan, ikkovlaridan biri vafot etdi. Shunda nafaqa qaytarib olinmaydi.10. Xotinning maskani erning ahlidan biror kishi bo‘lmagan uyda bo‘lishi sharti ila erga vojib bo‘ladi. Hattoki, erning boshqa xotinidan bo‘lgan bolasi ham bo‘lmasligi kerak. Illo, ayol rozi bo‘lsa, mayli.
Agar er xotinni hech kim yo‘q uyga joylagan bo‘lsa-yu, xotin er urayotgani va ozor berayotgani haqida qoziga shikoyat qilsa va o‘zining solih qavmlar orasida joylashtirilishida yordam so‘rasa, qozi xotinning gapi to‘g‘riligiga amin bo‘lsa, erni zajr qiladi va xotinga tajovuz qilishdan qaytaradi. Ammo erning xotinga ozor bermayotganiga guvohlar bo‘lsa, tek qo‘yadi. Agar atrofda ishonchli kishilar bo‘lmasa yoki ular erga tarafdor bo‘lsalar, qozi xotinni solih qavmlar orasiga ko‘chirishni erga majburiy amr qiladi.11. Erning hovlisidagi alohida, qulflanadigan uy ayolga kifoya qiladi.
Ya’ni bir hovlida boshqa uylar va kishilar bo‘lsa ham, alohida yashash uchun lozim qulayliklari bor uy bo‘lsa etadi.12. Er xotinning oldiga u(xotin)ning ota-onasini va boshqa erdan bo‘lgan bolasini kiritmaslikka haqli.
Chunki uy uniki va u o‘z uyini o‘zi xohlaganicha tasarruf qilish haqqiga ega.13. Xotinga istagan paytlarida nazar solishlaridan va gapirishlaridan (qarindoshlarni) man qilishga (erning) haqqi yo‘q.
Chunki silai rahmni kesishga hech kimning haqqi yo‘q.14. «Er ayolni haftada bir marta o‘z ota-onasining oldiga chiqishidan va ularni ayolning oldiga kirishlaridan man qila olmaydi» degan gap bor. Ota-onadan boshqa mahramlar yiliga bir marta. Va shunisi to‘g‘ri.
Mahramlarning ziyoratiga oid so‘z aytgan mashoyixlar ichida «mazkur muddat bir oydan oshmasligi lozim», degan ulamolar ham, «bir haftadan oshmasligi lozim», degan ulamolar ham bor.15. G‘oyibning xotinining, bolasining va ota-onasining nafaqasi uning molidan faqat ularning haqqi bo‘lgan jinsdan tayin qilinadi.
G‘oyib – yo‘qolib qolgan odam. Uning molidan faqat xotini, bolasi va ota-onasining nafaqasini qozi belgilab beradi. Boshqa qarindoshlarning nafaqasi soqit bo‘ladi. «Ularning haqqi bo‘lgan jinsdan» degani «ularga zarur bo‘lgan narsalardan» deganidir. «Mana buni sotib, ishlatarsizlar», deb boshqa narsalarni berib bo‘lmaydi.16. Bunda mol omonatga qo‘yilgan, muzorabada qatnashgan bo‘lmasligi yoki qarzga olgan kishining huzurida bo‘lishi va u(er) buni e’tirof qilishi shart. Shuningdek, nikohning e’tirofi ham bo‘lishi yoki qozi bularni bilishi lozim.
Ya’ni qozi mol, nikoh va nasabni bilsa, nafaqa haqidagi hukmni chiqaraveradi. Chunki qozining bilimi ham hujjat hisoblanadi va u o‘z o‘rnida bu bilan hukm chiqarish haqqiga ega.17. Qozi ayolga er uning nafaqasini bermaganligi haqida qasam ichtiradi va undan kafolat talab qiladi.
Ayolning qasam ichirilishi er g‘oyib bo‘lishidan oldin unga nafaqasini bergan bo‘lishi va ayol qozini aldayotgan bo‘lishi ehtimoli borligi uchundir. Kafil esa mabodo er kelib, ayolga nafaqasini kerakligicha qoldirib ketganini isbot qilib qolsa, to‘lab berishi uchun talab qilinadi.18. G‘oyibga nafaqani yuklash uchun hujjat keltirishni talab qilmaydi va ayolga er nomidan qarz olishni amr qiladi. Nikoh haqida hukm chiqarmaydi. Imom Zufar: «Nafaqa haqida hukm chiqaradi, nikoh haqida chiqarmaydi», degan. Bugungi kunda qozilar ehtiyoj yuzasidan shunga amal qiladilar.
Chunki bunda odamlarga engillik bor.19. Raj’iy va boin taloq qilingan, ozod bo‘lgandagi va balog‘atga etgandagi kabi ma’siyatsiz xiyor tufayli yoki kufuv bo‘lmagani uchun ajrashgan ayolga nafaqa va maskan beriladi.
Bu hukmga quyidagi dalillar bor:
Alloh taolo Taloq surasida shunday deb marhamat qiladi:
«U (ayol)larga o‘zingiz yashab turgan joydan imkoningiz boricha joy bering» (6-oyat).Quyidagi hadis ham shu ma’noda kelgan:عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنْتُ جَالِسًا مَعَ الْأَسْوَدِ بْنِ يَزِيدَ فِي الْمَسْجِدِ الْأَعْظَمِ، وَمَعَنَا الشَّعْبِيُّ، فَحَدَّثَ الشَّعْبِيُّ بِحَدِيثِ فَاطِمَةَ بِنْتِ قَيْسٍ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمْ يَجْعَلْ لَهَا سُكْنَى وَلَا نَفَقَةً، فَأَخَذَ الْأَسْوَدُ كَفًّا مِنْ حَصًى فَحَصَبَهُ بِهِ، وَقَالَ: وَيْلَكَ تُحَدِّثُ بِمِثْلِ هَذَا؟! قَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: لَا نَتْرُكُ كِتَابَ اللهِ وَسُنَّةَ نَبِيِّنَا لِقَوْلِ امْرَأَةٍ لَا نَدْرِي لَعَلَّهَا حَفِظَتْ أَوْ نَسِيَتْ، لَهَا السُّكْنَى وَالنَّفَقَةُ. قَالَ عَزَّ وَجَلَّ: لَا تُخْرِجُوهُنَّ مِن بُيُوتِهِنَّ وَلَا يَخْرُجْنَ إِلَّا أَن يَأْتِينَ بِفَاحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ ۚ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ.Abu Ishoq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Asvad ibn Yazid bilan katta masjidda o‘tirgan edim. Biz bilan Sha’biy ham birga edi. Sha’biy Fotima bintu Qaysning hadisini aytib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga maskan ham, nafaqa ham buyurmaganlar», dedi.
Shunda Asvad bir kaft mayda toshni olib, ularni unga otdi-da: «Sho‘ring qurisin! Shunday gapni ham aytasanmi?! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Yod olgani yoki unutganini bilmaganimiz bir ayolning gapi deb, Allohning Kitobini va Nabiyimizning sunnatini tark qilmaymiz. Unday ayolga maskan ham, nafaqa ham beriladi. Alloh azza va jalla «Ularni uylaridan chiqarmang va o‘zlari ham chiqmasinlar. Magar ochiq-oydin fohisha ish keltirsalar», degan», dedi», deb aytdi».

Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.

20. Vafotdan, ridda (murtadlik) hamda erning (boshqa ayolidan tug‘ilgan) o‘g‘lini o‘pish kabi ma’siyat tufayli ajrashishdan keyin idda saqlovchiga nafaqa berilmaydi.Chunki vafotdan keyingi idda erning haqqi uchun emas, balki shariatning haqqi uchundir. Ma’siyat qilganda esa ayb xotinda bo‘lganligi uchun unga yaxshilik qilinmaydi.21. Uch taloq qilinganning murtad bo‘lishi nafaqani soqit qiladi, erning o‘g‘liga imkon berishi emas.
Chunki murtad bo‘lgan ayol tavba qilishi uchun qamaladi. Qamalgan ayolga nafaqa berilmaydi. Erining o‘g‘liga o‘ziga yaqinlashishga imkon berishda esa bu holat yo‘q.III. Xotinning sharafiga to‘y qilish.Erning o‘z jufti halolining sharafiga to‘y qilib berishi xotin oldidagi uchinchi moliyaviy burchidir. Bu ish mustahabdir. Bu haqda avval batafsil ko‘rib, tahlil qilib o‘tganmiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari uylanganlarida to‘y qilganlari va erkak sahobalarni ham to‘y qilishga buyurganlarini dalil qilib keltirganmiz.
Mulohaza:
Har bir musulmon er o‘zining ayoli oldidagi moliyaviy burchlari haqidagi ushbu ta’limotlarni jonu dili bilan, yaxshilab o‘rganishi, qabul qilishi va ularga ixlos bilan amal qilish o‘zi uchun saodat manbai ekanini anglab etishi lozim. Shunda boshqalar uchun odat bo‘lgan oila hayoti uning uchun ibodat darajasiga ko‘tariladi. Misol uchun, er «ayolimning nafaqasi shariat bo‘yicha menga vojib edi, shuni bajarishim kerak» deb, ayoliga nafaqa topish uchun halol kasb bilan ishlab yurar ekan, vojib ibodatni ado etayotgan kishi sifatida ajr va savob oladi.عَنْ عَامِرِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ؛ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَهُ: إِنَّكَ مَهْمَا أَنْفَقْتَ عَلَى أَهْلِكَ مِنْ نَفَقَةٍ فَإِنَّكَ تُؤْجَرُ فِيهَا، حَتَّى اللُّقْمَةَ تَرْفَعُهَا إِلَى فِي امْرَأَتِكَ. رَوَاهُ أَحْمَدُ.Omir ibn Sa’ddan, u otasidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Sen ahlingga har qanday nafaqa qilsang, bunga ajr olasan. Hattoki ayolingning og‘ziga tutgan luqmada ham».
Imom Ahmad rivoyat qilgan.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: دِينَارٌ أَنْفَقْتَهُ فِي سَبِيلِ اللهِ، وَدِينَارٌ أَنْفَقْتَهُ فِي رَقَبَةٍ، وَدِينَارٌ تَصَدَّقْت بِهِ عَلَى مِسْكِينٍ، وَدِينَارٌ أَنْفَقْتَهُ عَلَى أَهْلِكَ، أَعْظَمُهَا أَجْرًا الَّذِي أَنْفَقْتَهُ عَلَى أَهْلِكَ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَمُسْلِمٌ .Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Bir dinorni Allohning yo‘lida nafaqa qilding. Bir dinorni qul ozod qilishga nafaqa qilding. Bir dinorni miskinga nafaqa qilding. Bir dinorni ahlingga nafaqa qilding. Eng ajri ulug‘i ahlingga nafaqa qilganingdir».
Ahmad va Muslim rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisdan ahlu ayolni nafaqa bilan ta’minlash qanchalik sharafli va savobli ish ekanini anglab olish qiyin emas.Bolalar nafaqasiNafaqa otaning burchi, bolalarning haqqidir.
Bolalarning nafaqasi, ularni oziq-ovqat, kiyim kechak, turar-joy bilan ta’min etish otaning burchidir. Bu narsalar halol-pok bo‘lishi matlubdir. Harom kasb bilan topilgan taomni egan murg‘ak vujudning kelajakda halol, odobli kishi bo‘lib etishganini hali hech kim ko‘rmagan. Farzandlarida axloqsizlik, odobsizlik, qonun buzishlar ildizini ularning xalqumi buzilganligidan izlash kerak bo‘ladi. Agar xalqumingiz poklanmas ekan, bor mehringizni, topgan-tutganingizni sarflab, tarbiyalagan bolangiz ota-onaga bemehr, oqpadar, osiy bo‘lib ulg‘ayadi.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: تَلَيْتُ الْآيَةَ عِنْدَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الْأَرْضِ حَلَالًا طَيِّبًا وَلَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ ۚ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ  ، فَقَامَ سَعْدُ بْنُ أَبِي وَقَّاصٍ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، ادْعُ اللهَ أَنْ يَجْعَلَنِي مُسَتَجَابَ الدَّعْوَةِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: يَا سَعْدُ، أَطِبْ مَطْعَمَكَ تَكُنْ مُسْتَجَابَ الدَّعْوَةِ، وَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ إِنَّ الْعَبْدَ لَيَقْذِفُ اللُّقْمَةَ الْحَرَامَ فِي جَوْفِهِ مَا يُتَقَبَّلُ مِنْهُ عَمَلُ أَرْبَعِينَ يَوْمًا، وَأَيُّمَا عَبْدٍ نَبَتَ لَحْمُهُ مِنْ سُحْتٍ فَالنَّارُ أَوْلَى بِهِ. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida «Ey odamlar, er yuzidagi narsalardan» oyati tilovat qilindi. Shunda Sa’d ibn Abu Vaqqos turib, «Yo Rasulalloh, Allohga duo qiling, meni duosi qabul bo‘ladiganlardan qilsin», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Sa’d, taomingni pok qilgin, duosi qabul bo‘ladiganlardan bo‘lasan. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, banda bir luqmani qorniga tashlaydi va undan qirq kun amal qabul qilinmaydi. Qay bandaning go‘shti haromdan o‘sgan bo‘lsa, olov unga loyiqroqdir», dedilar».

Tobaroniy rivoyat qilgan.
Har kim o‘zi xulosa chiqarib olaversin. O‘zi nima tanovul qilayotganiga, ahlu ayoliga nima berayotganiga, murg‘ak go‘daklarini nima bilan taomlantirayotganiga bir nazar solsin.
Faqir yosh bolaning nafaqasi otasiga vojib bo‘ladi.
Bu hukmning dalili Qur’oni Karimdan olingan.
Alloh taolo Baqara surasida bunday deb marhamat qiladi:
«U(ona)larni ma’ruf ila edirib, kiyintirish otaning zimmasidadir» (233-oyat).
Bolaning sababidan onaga nafaqa berish vojib bo‘lganidan keyin, bolaning o‘ziga nafaqa berish vojib bo‘lishida hech shubha qolmaydi.عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ هِنْدًا بِنْتَ عُتْبَةَ قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَبَا سُفْيَانَ رَجُلٌ شَحِيحٌ، وَلَيْسَ يُعْطِينِي مَا يَكْفِينِي وَوَلَدِي، إِلَّا مَا أَخَذْتُ مِنْهُ وَهُوَ لَا يَعْلَمُ، فَقَالَ: خُذِي مَا يَكْفِيكِ وَوَلَدَكِ بِالْمَعْرُوفِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Hind bintu Utba: «Ey Allohning Rasuli, Abu Sufyon o‘ta baxil odam, unga bildirmay olganimdan boshqa menga va bolamga kifoya qiladigan hech narsa bermaydi», dedi.
«O‘zingga va bolangga etarlisini to‘g‘rilikcha ol», dedilar u zot.
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Unga bu ishda xuddi ota-onasi va xotinining nafaqasidagi kabi biror kishi sherik bo‘lmaydi.
Ya’ni bolaning nafaqasi faqat otaga, ota-onaning nafaqasi faqat o‘g‘ilga va xotinning nafaqasi faqat erga vojib bo‘ladi. Unga bu nafaqada hech kim sherik bo‘lmaydi.
Onasiga uni emizish vojib bo‘lmaydi. Illo, undan boshqa bo‘lmasa, bo‘ladi.
Ya’ni onasidan boshqa emizadigan topilmagan chog‘dagina bolani emizish unga vojib bo‘ladi. Chunki bolani emizish nafaqadir. Nafaqa esa otaga vojibdir.
Ota bolani emizishga birovni yollasa, u onaning oldida emizadi. Ota o‘zining nikohidagi ayolni yoki o‘zi qo‘ygan raj’iy taloqdan idda o‘tirgan ayolni (o‘z bolasini emizish uchun) yollashi joiz emas. Boin taloq qilingan ona haqida esa ikki xil rivoyat bor: agar bolani emizish uchun ona iddadan keyin yollansa, durust bo‘ladi. U begonadan ko‘ra haqliroqdir. Ammo ona ko‘p haq talab qilsa, haqli bo‘la olmaydi.
Balog‘atga etgan qizning va mayib o‘g‘ilning nafaqasi otaning zimmasiga xos bo‘ladi. Fatvo shunga berilgan.
Balog‘atga etgan qizning eri bo‘lmasa, nafaqasi otasiga vojib bo‘ladi. Ko‘zi ojiz, aqli yo‘q, tolibi ilm bo‘lgan o‘g‘illar faqir bo‘lsalar, ularning nafaqasi ham otaga vojib bo‘ladi. Turmushi buzilib, qaytib kelgan qizning nafaqasi ham otaga vojib bo‘ladi.عَنْ سُرَاقَةَ بْنِ جُعْشُمٍ؛ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَا سُرَاقَةُ، أَلَا أَدُلُّكَ عَلَى أَعْظَمِ الصَّدَقَةِ - أَوْ قَالَ: مِنْ أَعْظَمِ الصَّدَقَةِ؟-» قَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ بَلَى. قَالَ: أَنْ تُكْرِمَ مَرْدُودَةً إِلَيْكَ لَيْسَ لَهَا كَاسِبٌ غَيْرَكَ.Suroqa ibn Ju’shumdan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Suroqa, senga eng ulug‘ sadaqaning yoki sadaqadan ham ulug‘roq narsaning dalolatini beraymi?» dedilar.
«Ha, yo Rasulalloh», dedi.
«Huzuringga qaytib kelgan va sendan boshqa ta’minotchisi bo‘lmagan ayol zotiga ikrom ko‘rsatmog‘ing», dedilar».
Ya’ni qizmi, singilmi, turmushi bo‘lmay, oilasi buzilib, qaytib kelgan bo‘lsa-yu, unga sendan boshqa qarovchi, boquvchi bo‘lmasa va sen halol kasb ila topganingdan uni nafaqa bilan ta’minlasang, ikrom qilsang, jannatga kirasan. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar