Makiyaj xijobmi

Assalomu alaykum! Bir tanishim bilan ayollarni makiyaji xaqida tortishib qoldik, u inson aytishticha makiyaj qilsa begona erkak yani nomaxram qarsa xijobga o‘tadi kegin yuzini yuvib tashalsa ko‘z tegmas emish. Makiyaj xam xijob demoqchi, shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri gap. Makiyaj ziynat hisoblanadi. Shariatda ayol kishing ziynatlarini faqat mahramlariga ko‘rsatsa bo‘ladi. Shuning uchun bu gapning na shar’iy na mantiqiy asosi bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 138 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar