Hadisda kelgan duo
Assalomu alaykum! Ustozlar, men bir ma’ruzada eshitdimki insonning 360 ta bo‘g‘ini bo‘lib, har kuni ana shu bo‘g‘inlar haqqiga sadaqa vojib bo‘lar ekan. Shunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga bir duoni o‘rgatkan ekanlar. Kim ana shu duoni ertalab va kechqurun 3 martadan aytsa, bo‘g‘imlari haqqini ado qilgan bo‘larkan. O‘sha duoni eslab qololmadim. Iltimos, bu qanday duo? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّهُ خُلِقَ كُلُّ إِنْسَانٍ مِنْ بَنِي آدَمَ عَلَى سِتِّينَ وَثَلَاثِ مِائَةِ مَفْصِلٍ، فَمَنْ كَبَّرَ اللهَ وَحَمِدَ اللهَ وَهَلَّلَ اللهَ وَسَبَّحَ اللهَ وَاسْتَغْفَرَ اللهَ، وَعَزَلَ حَجَرًا أَوْ شَوْكَةً عَظْمًا عَنْ طَرِيقِ النَّاسِ، وَأَمَرَ بِمَعْرُوفٍ أَوْ نَهَى عَنْ مُنْكَرٍ عَدَدَ تِلْكَ السِّتِّينَ وَالثَّلَاثِ مِائَةِ السُّلَامَى فَإِنَّهُ يَمْشِي يَوْمَئِذٍ وَقَدْ زَحْزَحَ نَفْسَهُ عَنِ النَّارِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, odam bolasidan bo‘lgan har bir inson uch yuz oltmish bo‘g‘in ila xalq qilingandir. Bas, kim Allohga o‘sha uch yuz oltmish bo‘g‘in adadicha hamd aytsa, takbir aytsa, tahlil aytsa, tasbeh aytsa, istig‘for aytsa va odamlarning yo‘lidan toshni, tikanni yoki suyakni olib tashlasa yoxud amri ma’ruf qilsa yoki nahyi munkar qilsa, u o‘sha kuni o‘zini do‘zaxdan uzoqlashtirgan holda yuradi», dedilar». Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Sharh: Ba’zi ulamolarimiz «Mazkur bo‘g‘inlarning soni yilning kunlari soniga yaqin bo‘lgani uchun ushbu hadisdagi zikrlarni yil bo‘yi aytib yurish ko‘zda tutilgan», deydilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 184 | Duolar