Ro‘zador tanishimga shifokor osma ukol yozibdi

Assalomu alaykum! Bir tanishimga shifokor bir kunda bir nechta osma ukol yozibdi. Shu holatda ro‘za tutsa bo‘ladimi? Bir nechta osma ukol tanaga kirganda qancha suyuqlik bo‘lib ketadiku deb ro‘za tutishga ikkilanyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tutsin, keyin qazosini ham tutib beradi. Chunki osma ukoldan ro‘za ochilishin ulamolar ixtilof qilganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 174 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar