Alloh meni nega yaratdi
Assalomu alaykum! Bir odam "Alloh hamma narsaga qodir va hamma narsani oldindan biladi. Alloh mehribon zotdir deyiladi. Agar hamma narsaga qodir bo‘lsa, nega bandalarini umuman gunoh qilmaydigan qilib qo‘ymadi? Va nega do‘zaxga kiritadi? Men Allohdan meni yaratishini so‘ramaganman" deb savol berib qoldi. Shunda men bir maruzada eshitganim bo‘yicha "Inson tug‘ilishidan oldin, uning ruxi Alloh taologa farishtadan ustun kelaman degan. U ahdlashuv inson tug‘ilganda xotirasidan o‘chirilgan, va biz uni eslay olmaymiz. Alloh taolo insonni sinov uchun yaratgan. Agar sinovdan o‘ta olinmasa, hayvondan pastda darajada bo‘lishi aytilgan" dedim. Ushbu bergan javobim asosga egami? Yoki shunaqa savolga qanday javob berish kerakligini tushuntirib bersangiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Ahzob" surasida marhamat qiladi: إِنَّا عَرَضْنَا الْأَمَانَةَ عَلَى السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَالْجِبَالِ فَأَبَيْنَ أَن يَحْمِلْنَهَا وَأَشْفَقْنَ مِنْهَا وَحَمَلَهَا الْإِنسَانُ إِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولًا 72. Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, erga va tog‘larga taklif qildik. Bas, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Uni inson ko‘tardi. Darhaqiqat, u o‘ta zolimdir, o‘ta johildir.
«Omonat» so‘zi «amana» fe’lining masdari – ish-harakat nomi bo‘lib, «ishonib topshirilgan narsa» degan ma’noni anglatadi. Ushbu oyati karimadan Alloh taoloning omonati, birortaga ishonib topshiriladigan narsasi borligi tushuniladi. Bu omonat nima edi, degan savolga ulamolarimiz ushbu oyatdan va boshqa turli manbalardan kelib chiqib, «Shariat takliflari va Allohning farzlari», – deb javob beradilar. Boshqacha qilib aytganda, Alloh taoloning O‘z haqqiga, insonlarning haqqiga va boshqa maxluqotlarning haqlariga bog‘liq amrlarini, nahyilarini, ko‘rsatma-ta’limotlarini va hukmlarini o‘z joyiga qo‘yish bo‘yicha uning ishongan vakili bo‘lish taklifi, demakdir. Bu esa o‘z ixtiyori bilan bo‘ladigan narsadir. Ya’ni o‘sha takliflarni amalga oshiradiganlar o‘z hurriyatiga – xohlasa, amal qilib, xohlamasa, qilmaslik ixtiyoriga ega bo‘ladi. Ushbu oyatdan Alloh taolo mazkur omonatni O‘zining turli maxluqlariga taklif qilgani bilinadi.
«Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, erga va tog‘larga taklif qildik».
Alloh taolo shariat takliflarini, farzlarini, O‘z amr va nah-yilarini qabul qilishni O‘zi yaratgan cheksiz, mustahkam osmonlarga taklif qilgan. Bepoyon, turli mavjudotlarni, maxluqotlarni o‘z ichiga olgan erga taklif qilgan. Sabotli va serviqor tog‘larga taklif qilgan.
«Bas, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar».
Bu omonatni ko‘tarish shunchalik og‘ir ediki, hatto shunday ulkan, pishiq, quvvatli va umri uzun osmonlar, zamin va tog‘lar ham uni ko‘tarishdan qo‘rqdilar. Bu omonatni uddalab, o‘rniga qo‘ya olishlariga ko‘zlari etmadi. Ixtiyoriy bo‘lib, omonatni bo‘yinlariga olishning o‘rniga, ixtiyorsiz bo‘lib, doimiy ravishda o‘zlari uchun Alloh taolo qo‘ygan chegaradan qilcha ham chetga chiqmay yurishni afzal ko‘rdilar.
«Uni inson ko‘tardi».
U omonatni inson ko‘tardi. Cheksiz osmonlar ko‘tarishdan qo‘rqqan omonatni ularning ostida yashaydigan kichik zarra – inson ko‘tardi. Ulkan va qadimiy er ko‘tarishdan qo‘rqqan omonatni uning ustida yashayotgan umri qisqa, kichik bir jonzot – inson ko‘tardi.
Salobat va quvvat ramzi bo‘lgan tog‘lar ko‘tarishdan qo‘rqqan omonatni ularning orasida yashaydigan ko‘rimsiz va zaif bir maxluq – inson ko‘tardi.
«Darhaqiqat, u o‘ta zolimdir, o‘ta johildir».
Darhaqiqat, inson jinsi (hamma emas, albatta) o‘ta zolimdir. O‘ziga yuklatilgan va o‘zi qabul qilgan omonatga muvofiq ish yuritmasdan, o‘ziga o‘zi zulm qiladi.
Inson jinsi o‘ta johildir, shuning uchun o‘zi rozi bo‘lib, qabul qilib olgan omonatning ulkanligini bilmasdan, unga xiyonat qiladi. Inson zulm qilavermasdan, o‘ziga yuklatilgan omonatni ado etsin. Inson johil bo‘lavermasdan, o‘ziga yuklatilgan omonatning qanchalik nozik ekanini tushunib etsin. Axir unga osmonlar, er va tog‘lar ko‘tarishdan qo‘rqqan omonat yuklatilgan-a! Bu esa لِيُعَذِّبَ اللَّهُ الْمُنَافِقِينَ وَالْمُنَافِقَاتِ وَالْمُشْرِكِينَ وَالْمُشْرِكَاتِ وَيَتُوبَ اللَّهُ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا 73. Alloh munofiqlar va munofiqalarni, mushriklar va mushrikalarni azoblashi uchun hamda mo‘min va mo‘minalarning tavbalarini qabul etishi uchundir. Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Biror inson “men Allohga bergan va’damni eslolmayman” deyishi o‘tmaydi. Odamlarni hammasi bo‘lmasada ba’zilari o‘zi unutib, eslolmay yana aybni o‘zgalarga yuklashga harakat qiladi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar