Qon aralash balg‘am

Assalomu alaykum! Qon aralash balg‘am burnimni chayganimda chiqayapti, shu balg‘am tahoratni sindiradimi? Umuman qon oqmayapti, balg‘am qon aralash chiqayapti holos, g‘uslda hamma joyga suv tekandan keyin, burnimni chayganimda qon aralash balg‘am chikdi, g‘usl sahih bo‘ldimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyiq qon tahoratni buzmaydi. G‘uslni ham. G‘usl yarmiga etganda tahorat sinadigan biror ish sodir bo‘lsa g‘uslni kelgan joyidan davom ettirilaveradi. Namozga alohida tahorat qilinadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 151 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar