Namozda chayqalish

Assalomu alaykum! Menda bir savol tug‘ildiki jamoat bo‘lib namoz o‘qiganizda bazi bir birodardarimiz oldinga orqaga chayqalib turishadi, qiroat paytida ayniqsa. O‘zlariga savol berishga uyolaman va fitna qilib qo‘yshdan qo‘rqaman. Shu bois javob bersayz. Biror bir mazxabda shu yoki shunga oid amalga javob bo‘ladigan dalil yoki javob bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi bizni ishimiz namozxonlar emas benamozlar bo‘lsin. Masjidga kelgan birorta bir namozxon to‘g‘risida xato sezsangiz masjid imomiga aytging. Hech birimiz birorta bo‘lsa ham namozxonni masjidga kelmasligiga sababchi bo‘lishdan qo‘rqaylik. Siz masjidga kelayotganlarning hammasi ham mukammal namozxon, mukammal qiroat sohibi, namozni to‘liq biluvchisi deb o‘ylamang. Allohga shukur kelishini nasib qilgan Zot, mukammal bo‘lishini ham nasib qiladi. Oralaridan tahoratsiz namoz o‘qiyotganlar bo‘lishi ham mumkin. unga ham e’tibor bermang. Masjid imomning hududi, nima qilish kerak bo‘lsa imom qilsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar