O‘g‘il bolalarga raqs tushish haqida
Assalomu alaykum! Bir tanishim «Erkak kishi o‘yinga tushmasligi kerak ekan, bunday ishni qilish nafaqat harom, balki bundaylarga Allohning lan’ati bo‘lsin ekan» dedi. Man ochig‘i hayron qoldim, chunki Shayximizning forum.ziyo.uz ga bergan musiqa haqidagi savolga javoblarida quyidagi misralar bor edi: «.... Shuningdek Habashistonlik Axbosh, qora tanli kishilar masjidda xarbiy o‘yinlarni qilib raqsga tushishganda, Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam elkalariga boshlarini qo‘yib tomosha qilganlar. Rasululloh s.a.v “Bo‘lding-mi, to‘yding-mi” deb o‘yin tugaganda tarqalishgan. Bunga o‘xshash bir qancha hadislar bor. Bu keltirilgan hadisda erkaklarning o‘yinga tushishlarini payg‘ambarimiz to‘xtatishmaganku deb javob berdim o‘sha tanishimga, lekin bundan avval sizlardan so‘rashimni ham aytdim - anig‘ini.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U erda raqsga tushish emas xarbiy mashq qilish bo‘lgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:12 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U erda raqsga tushish emas xarbiy mashq qilish bo‘lgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:12 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar