Ishxonadagi keshbek
Assalomu alaykum! Ishxonamizda ulgurji savdodan tushgan nakd pul mablag‘ining bir qismi kerak bo‘lganda korxona xisob raqamiga qo‘yiladi. Xisob raqamga pul qo‘yish uchun kassa apparatga pul summasi uriladi. Shunda cheklar korxona buxgalteriyasiga beriladi. Cheklar QR kodini skanerlash orkadi soliq organlari tomonidan 1 foizlik keshbek olish mumkin. Korxona raxbari ushbu cheklardagi keshbeklarni olishga ba’zi xodimlarga ruxsat bergan. Biz ushbu cheklardagi keshbeklarni xodimlar o‘rtasida taqsimlab olsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savolingizning mazmuni - “xaridorlarga chek bermay o‘zimizda olib qolamiz, o‘sha cheklardagi keshbekni o‘zlashtirib olsak bo‘ladimi?” degani ekan. Keshbek xaridorlarning haqqi. Ularning roziligi bo‘lsagina joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
16 Dekabr 2023, 15:58 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat