Erim meni tushunmaydi men bilan ishi yo‘q

Assalomu alaykum! Ustoz menga ërdamlariz kerak. Meni axvolimga 80% ayëllar xozirgi vaziyata. Dadasi bir firmaga ishlaydilar xaftaga 2marta boradilar, yaxshi pul topadilar. Men uzim aptekada ishlayman. Kishta 6:00da ertalab turaman nonushta tayërlayman, xovli supuraman namozimdi ukiyman, sizxam turing desam sen uki menga buladi menga teginma deb xar xel baxona kiladilar. Ruzgorga 30% karashadilar, 3ta bolar bor umuman ishlari yuk, maktabi, pampersi, dorisi, kiymi, xamma xarajati meni buynimda, men uchun bron nima obermaydilar, pul desam bakirib ketadi arazlab yuradilar. 9yildan beri shu axvol bolari bn men bn ruzgor bn ishlari yuk, lekin ëgdan bor kilib shirin shirin avkot narsa pishirsam paska urishdi boshlaydilar. Xar kuni kaynonamdikiga avkot, non obchikaman, uydagi ishlarini kilib kelaman. Kuron ëdlayapam sizga aytay desam yaxshi ukiver deb ishi yuk. Xar namozimda insof tilayman. Xamma narsa meni zimamda. Robbim shoxid rossayam charchab ketim. Ishtan boshka bron joyga kuymaydilar. Goxida charchab ketganimdan ukinib yiglayman xafa bulaman. Shuncha kisam xam pasga uradilar. Ishim kupligidan kechasi fanarik bn Kuron ëtlayman shularga xalakit bermay deb. Kechasi bn istigfor aytaman Robbimga engilik ber ,erimga insof ber, raxim shavkat ber. Bu seni vazifang kilasanda deydilar. Naxotki dinimizda ayël kishi shu darajada pasta bulsa, bolarini ayël boshi bn uzi boksa eri bulaturib. Bu nima azob edi. Xoliyam dindan xabarim bor erimdi roziligisiz janatga kirolmiman, Nuri diydam Paygambarimdi s.v.a jannata kurish uchun, birga bulish uchun xamma narsaga chidab kelyabman. Robbim menga, menga uxshagan bekadir ayëlarga sabir bersin. Paygambarimizga s.a.v salomlar bulsin, u kishini sogindim... To ulganimcha chidashimga tugri keladi, lekin meni elkamga bu yuk ogirlik kilyapti. Erimga nisbatan bron xukum bormi dinimizda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz uchun bittagina bashorat bor. Alloh taolo Qur’on karimda يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَعِينُواْ بِالصَّبْرِ وَالصَّلاَةِ إِنَّ اللّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ۝ 153. Ey iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila yordam so‘ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir. (Baqara surasi).  إِنَّمَا يُوَفَّى الصَّابِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍ۝ 10... Albatta, sabr qiluvchilarga ajrlari hisobsiz, to‘liq berilur». (Zumar surasi). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:32 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar