Taloqsiz boshqa inson bilan turmush qurish

Assalomu alaykum! Savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzur so‘rayman. Meni ko‘p so‘kib to‘g‘rirog‘i miyyalab yurib o‘zim yoqtirgan insonim bo‘la turib, buni bila turib boshqa insonga turmushga berishdi. Ko‘pmi ozmi yashadim, orqamdan gap eshitishmasin deb, ota-onam uchun harakat qildim, turmush o‘rtog‘imni va oila a’zolarini barcha aytganlarini qildim, Hurmatlarini joiga qo‘ydim. Mana Xudoga shukur rahmat olib berdim, lekin erimning jaxli tez, asabiy va juda ko‘p gapiradigan odati bor. O‘ziga xam rahmi kelmaydi xatto. Meni besabab urib “Sen ayolsan ko‘nib yashaysan. Borim shu xoxlaganimni qilishga xaqqim bor, nikoxim bor, xech kim xech narsa qilolmaydi” deb ko‘p aytadi. Ota onam xam xayratda, menga rahmilari keladi, men buni xoxlamayman. Menga Allohni raxmi kelsin deyman. 1). Shu gapim xam to‘g‘rimi? Yashab ketishimga aqlim etmaydi. 2). Nima qilay javobimni bermasa xam ajrashib ketsam bo‘ladimi? 3). Ajrashib boshka inson bilan turmush qursam bo‘ladimi? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz hech narsa deya olmaymiz. Talog‘ingizni olmasdan va iddangizni o‘tkazmasdan boshqasi bilan nikohlanishingiz halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar