Kvartirada Azon
Assalomu alaykum! Biz Rossiyada uch kishi bir kvartirada ishlaymiz. Alxamdullax, besh vaqt namozni o‘qishni boshladik. Lekin uchchalamizning xam qiroatimiz go‘zal emas. Xar bir namoz vaqti kirishida telefondagi "promuslim" ilovasida azon chaqiradi. Biz namozni azonsiz o‘qisak bo‘ladimi? Vitr vojib namozidan oldin xam farzdagidek takbir aytiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Azonni o‘zlaringiz eshitadigan darajada aytaveringlar. Boshqa xonadagi eshitishi ham shart emas. Hammangiz bir xil bo‘lsalaringiz bittangiz imom bo‘linglar. Vitrga iqomat aytilmaydi. Boshlanishda quloq qoqishdagi Allohu akbar aytiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 162 | Namoz