12:30da peshin o‘qish

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda bizni viloyatda peshin namozi 12:18 da kiryapti. Men xususiy korxonada ishlayman, 12:30 tushlik vaqtdi bo‘ladi. Shu vaqtda namoz o‘qisa joiz bo‘ladimi? 2. Bir muslima opamiz so‘rayaptilar, bizni korxonada ayollarga o‘qishga ruxsat berilmagan. Namozni o‘trigan joylarida ishora bilan o‘qisalar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz bo‘ladi. 2). Yo‘q, albatta tik turib hech bo‘lmasa farzini o‘qisin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar