Namoz xaqida savol 4

Assalomu aleykum, xazrat.Namozga oid bir nechta savollarim bor edi. Men xozir Kuala Lumpur shaxrida turaman.4. Masalan muqtadiy bo‘lib turgan odam 4 rakatli namozni 3chi rakatiga kelib qo‘shilgan. 2chi rakat tugaganidan so‘ng qolgan 2 rakatini o‘zi o‘qiydi. Shunda uni orqasidan boshqa musulmonlar kelib unga iqtido qilib o‘qishadi va shu tarzda u imomga aylanib qoladi. Shu xolat yana 1, 2 marotabalab davom etishi mumkin. Ya’ni avval muqtadiy bo‘lib turgan keyin imom bo‘lib qoladi. Shunday xolatda avval muqtadiy bo‘lgan imomga iqtido qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz aytgan shofe’iy mazhabida. Bizning hanafiy mazhabda bu durust emas.

3 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar