Avratlar

Assalomu alaykum! Bismillahir Rohmanir Rohiym ! Islom Hayo ustiga qurulgan , Ammo uni o‘rganish uchun behayo bo‘lsa ham ilm olishda hayo bo‘lmaydi ! Ustoz bir nechta savollarim bor edi Agar ular odobsizlik yoki bemani bo‘lsa uzur so‘rayman ! 1 . Balog‘atga etmaganlarning avratlarining hukmi qanday ? Ularning avratlarig balog‘atga etkanlar qarasa gunoh yo‘qmi ? Misol Balog‘atga etgan bola , yosh qizchaga qarashi , Balog‘atga etgan qiz esa yosh o‘g‘il bolaga qarasha . Bu Balog‘atga etmaganlar bola kattaroq ( 10 / 11 yosh ) , qiz esa ( 7 / 8 yosh bo‘lsa ) . 2 . Bu bolalarning balog‘at ga etganlarga ( avratiga ) nazar solishichi kattalar uchun gunoh bo‘lmaydimi ? 3 . Shu ota qizini ( 7 / 8 yosh ) chomiltirib qo‘ysa bo‘ladimi , ona esa o‘g‘lini ( 10 / 11 yosh ) ? 4 . Ota balog‘atga etmagan qizini ( 7 / 8 yosh )kotarayotib yoki opayotib , shaxvati qo‘zg‘ab ketsa nima bo‘ladi ? Ona esa o‘z o‘g‘lini ( 10 / 11 yosh ) ? 5 . Bir-biriga Mahramlarning avrati haqida ozmuncha organdim . Shunda ayolning kindikdan yuqori va tizzadan pasti mahramlar uchun joiz deb tushundim . Bir joyda esa onaning kokragiga o‘z o‘g‘lining nazari tushushida gunoh yo‘q deb organdim Bu faqat ona uchun mi boshqa mahramlardachi ? Opa - singillar , hola - amma , sut ona va ulardan singillar , qaynonasi . Albatta atayin ular ochib yurishi emas , Ular ish qilayotib shu joylariga ( kindikdan tep va tizzadan pasti ) nazar tushib qolsa gunoh yo‘qmi ? Shu barcha mahramlar bilan joizmi ? Agar o‘sha nazari tushib qolganda shaxvati qo‘zg‘ab ketsa nima bo‘ladi ? mobodo u yana atayin yana qarashda davom etsachi ? 6 . Bir-biriga halol bo‘lgan er - hotinlar bir-birlarini qaysi qismlarini o‘pishlari joiz emas ? Kindikdan yuqorisini o‘psa bo‘ladimi ? Ko‘kragini , bir-birini bo‘ynidan o‘psa bo‘ladimi ? Bo‘sa olsa ham bo‘ladimi ? 7 . Er va ayol bir-birlarini ( jinsiy ) avratlarini qo‘llari bilan ushlasalar bo‘ladimi ? Ularni silasalarchi ? 8 . Bir joyda ( adashmasam shu ZIKR AHLIDAN SO‘RANG da ) kordim Savol berilgan ekan Qaynota yangi kelini o‘pib qo‘ysa bo‘ladimi ? Javob : yo‘q agar mobodo opayotib shaxvati qo‘zg‘alsa , kelin kiyovga harom bo‘ladi deb . Rostan ham harom bo‘ladimi ? 9 . Ota balog‘atga etgan qizini o‘psa bo‘ladimi , qiz ham otani ? Joiz bo‘lsa qaerdan peshona , yuz ? Onachi balog‘atga etgan o‘g‘lini o‘psa bo‘ladimi , bola ham onani ? Joiz bo‘lsa qaerdan ? 10 . Men Rosululloh Sallallohu Alayhi Vasallam Fotima onammiz kelsalar turib o‘pib , joy berib o‘zlari o‘z o‘rinlariga otirishlari va Fotima onammiz ham Rosululloh Sallallohu Alayhi Vasallam kelsalar turib o‘pib joy berib , so‘ng o‘z joylariga otirishlarni o‘qib qoldim ! Shu to‘g‘rimi ? Unda bu bizlar uchun SUNNAT emasmi ? Keyin u qaeridan o‘psa joiz ? Faqat peshonami ? Barchasiga oldindan rahmat Beodoblik va behudalik lar uchun Uzur sorayman ! Alloh rozi bo‘lsin !
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qaramaslik kerak. 2). Qarashiga bog‘liq. 10-11 yoshidagilar shahvat yoshiga etib qolgan bo‘lishadi. Qaramaslik kerak. 3). Avrat joyiga biror narsa kiydirib olish qiyin ish emas. 4). Balog‘atga etmagan bolani o‘pganida shahvat qo‘zg‘asa zarari yo‘q. 5). Boshqa mahramlarga ham. 6). Bo‘ladi. 7). Bo‘ladi. 8). Ha, rost. 9). Bu o‘puvchi va o‘ptiruvchini shahvati qo‘zg‘alish yoki qo‘zg‘almasligiga bog‘liq. Shuning uchun o‘pmaslik kerak. 10). To‘g‘ri, lekin hozirgi biz kabi tabiati buzuq bo‘lib ketgan buzuqlarni u pok zotlarga qiyoslash noto‘g‘ri. Sunnat emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar