Qibla tarafda odam yotishi
Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Men do‘stlarim bilan yotoqxonada turaman. Xonamiz sal kichkina bo‘lgani uchun qibla tarafda ham bir do‘stim yotadi. Ko‘pincha bomdod vaqtida o‘sha do‘stim uxlab yotgan bo‘ladi. Shunday hollarda oldiga stol qo‘yib o‘sha odamni to‘sib namoz o‘qish joizmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘smasdan namoz o‘qisa ham joiz. عَنْ عَائِشَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهَا قَالَتْ: كُنْتُ أَنَامُ بَيْنَ يَدَيْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَرِجْلَايَ فِي قِبْلَتِهِ، فَإِذَا سَجَدَ غَمَزَنِي، فَقَبَضْتُ رِجْلَيَّ، فَإِذَا قَامَ بَسَطْتُهُمَا. قَالَتْ: وَالْبُيُوتُ يَوْمَئِذٍ لَيْسَ فِيهَا مَصَابِيحُ Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning old tomonlarida, ikki oyog‘im u kishining qiblalarida bo‘lgan holda uxlar edim. Sajda qiladigan bo‘lsalar, menga tegib qo‘yar edilar. Shunda oyoqlarimni yig‘ishtirib olar, turganlarida esa yana uzatib olardim. U paytda uylarda chiroq bo‘lmas edi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:48 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar