Franshiza

Assalomu alaykum! Hozirda "online franshiza" bilan shug‘ullanayotganlar ko‘payib bormoqda. Bilishimcha, ularning faoliyati quyidagicha: Ularning xisob raqamiga 150.000 so‘m pul o‘tkazmasini amalga oshirasiz va ular sizga "Telegram" ijtimoiy tarmog‘idagi xarhil guruhlarning havolasini tashlab beradi va siz unga obuna bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. O‘sha guruhlarda, sizga qanday qilib "Instagram", "Fasebook" va "Telegram" kanallarida akkaunt ochishni o‘rgatib boradi. So‘ng, qanday qilib o‘z auditoriyasini ko‘paytirishni ham o‘rgatishadi. Yana, "biznes reja"lar ham bor, ammo o‘sha "biznes reja"lar o‘z terminiga mos kelmaydi go‘yo, ya’ni, "biznes reja" emas, huddi mehnat darsliklariga o‘xshaydi, ya’ni, biror buyumni ma’lum bir xomashyolardan yasash to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan xolos. Qizig‘i shuki, ular tashlab bergan barcha narsalarni, inson bolasi o‘z aqli bilan ham qila oladi, ya’ni juda ham oson va sodda maslahatlar... Menimcha, ularni ish faoliyati, asosan shu ma’lumotlarni(havolalarni) sotish bilan daromad olish ekan. Siz ularni sotib olasiz va kanal ochib, odam ko‘paytirib, boshqasiga sotasiz. O‘z kanalingizda odam sonini ko‘paytirish maqsadida, reklamangizda e’lon berasiz: "kuniga 150.000 so‘m sarmoyam bilan, 300.000 - 500.000 so‘m daromad olishni boshladim" deysiz, tabiiyki, sodda inson qiziqib, sizga pul o‘tkazmasini amalga oshiradi va siz shu havolalarni unga sotasiz, va bu ish shu tariqa davom etaveradi. Biznes reja esa, qandaydir vositaga oxshaydi xolos. Lekin, ichida bironta Islom dinimizga zid keladigan ko‘rsatmalar yo’q. Biznes rejalarni o‘zingiz qilsangiz ham bo‘ladi, faqat bu uchun biroz aqlni ishlatsangiz bas. 150.000 so‘m tolov ham shart bo‘lmay qoladi nazarimda. So‘ramoqchi bo‘lganim: Mana shu ish qanchalik shariatimizga to‘g‘ri keladi aslida?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim firib qilsa bizdan emas” deganlar. Qolgani o‘zingizga ma’lum. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar