Do‘stlar davrasida

Assalomu alaykum! Xozir odatga kirib qolgan do‘stlar orasida "GAP" xaqida bir savolim bor. Xar oyda bir marotaba yoshligimizdan birga katta bo‘lgan do‘stlarimiz bilan yig‘ilishib turamiz. Mana 15 yil bo‘ldi. Lekin bir narsa xar safar yig‘ilganimizda meni qiynaydi. Do‘stlarimni orasida aroq ichadiganlar bor, ular o‘zlari biladi xaromligini, lekin "xudo kechirsin" deb amal qilmaydi. Do‘stlarim orasida "Jo‘raboshi" ya’ni do‘stlarni sardori menman. Xar safar qanday yig‘ilish bo‘lishidan qa’tiy nazar mensiz o‘tkazishmaydi. Xudo xoxlasa 5 vaqt namozni vaqtida ado qilmoqchiman. Savolim quyidagicha qanday yo‘l ko‘rsatasizlar? Xar oy yig‘ilishga borishni to‘xtaymi, sababi u erda mast qiluvchi ichimlik ichiladiku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson bu dunyodayoq oxiratda kimlarning safida bo‘lishini hal qiladi. Kofir iymon keltirsa musulmonlar safida bo‘lishni xohlagan bo‘ladi, aks bo‘lsa oxiratda ham shu bo‘ladi. Siz bu dunyodayoq oxiratda kimlar bilan birga bo‘lsishni hal qilib olgan bo‘lasiz. Xohlasangiz namozlarni ado qilib, Allohning buyruqlarini bajarib, payg‘ambaru siddiq, mo‘minlar bilan jannatda birga bo‘ling, xohlasangiz Alloh Qur’onda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarda aytgan benamozlar bilan birga bo‘ling. Shunchalik ixtiyor sizga berilgan. Bir narsani aniqlab oling, agar siz sababli ular hidoyat tiopsa, boring va ularga ta’sir o‘tkazing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar