Qaynonamni harakteriga tushunib bo‘lmiydi
Assalomu alaykum! Oilaviy muammolar ziddiyatlar xar bir oilada bo‘lib turadi. Bizning oilada qaynonamni harakteriga tushunib bo‘lmiydi. O‘g‘llarini qizg‘onganlaridan oilada ziddiyatlar yane yolg‘on gaplar bilan er-xotinni urushtirib ajrashaman deyishigacha oboradilar. Hech qaysi farzandlari onasining xarakteriga chidolmidi. Juda kop yolgon gaplar tuxmatlar qiladila qaynonam. Hamma farzandlari ham onasini to‘g‘ri yo‘lga solisholmiydi. Barcha farzandlari ollohni tanigan bilgan tarbiyali. oilam desa onasi chidolmiydi. Onasi uchun farzandlari oilasidan ajrashishi farzandlarini etim qilishi kerek. Bizda ham bu davom etibdi. Qaynonam umuman kun bermiydi. Bunaqa janjalla sabab bitta hovlida yashagimz ham kelmiy qolgan. Savolim shundan iboratke. Agar o‘g‘il farzandlarini etim qilmaslik uchun tinchlik halovat istab onasidan alohida bo‘lib chiqb ketsa, Lekin hali onasini oldiga boshqa farzandi ko‘chib kelmagan bo‘lsa, o‘g‘il ko‘chib ketganda boshqa bir akasimi yoke ukasi ko‘chib kelsa bundan o‘g‘liga gunoh yoke savob yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Furqon" surasida marhamat qiladi: وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا 20...Ba’zilaringizni ba’zilaringizga sinov qildik. Sabr qilarmikansizlar?! Robbing ko‘rib turuvchi(Zot)dir.
Ushbu oyati karimada kim qaysi holatda kim bilan munosabatda bo‘lsa ham Allohni rejasi bo‘yicha bo‘lishini bildirmoqda. Siz hamma tomoni yuzga-yuz to‘kin, bekamu-ko‘st hayotni xohlagan bo‘lsangiz u jannatda bo‘ladi. Istisnosiz, kamchilik va imtihonga uchramagan birorta ham oila yo‘q. Bo‘lishi ham mumkin emas, chunki bu dunyo imtihon dunyosi. Imtihonda sizni holatingizdagi ishlarni ko‘rinishi boshqacha bo‘lsada albatta bo‘ladi. Bu erda gap oyatning davomidagi “Sabr qilarmikansizlar?!”ga amal qilishda xolos. Sabr qiling, savobini va mukofotini oling. Mukofoti Alloh taolo bayon qilganidek “shak-shubhasiz Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush