Solfi (solfy) rassrochka kartasi
Assalamu alaykum! Rassrochka uchun solfi (solfy) deb nomlangan karta chiqibdi. Bu karta orqali ko‘plab do‘konlarda, masalan maishiy texnikani rassrochka uchun, ishlatsa bo‘lar ekan. Kartaning ishlash printsipi shunday: kartada siz uchun limit ajratiladi, masalan 6 000 000 sum. Siz bu pulga narsa sotib olasiz, va keyinchalik bankka qaytarib bo‘lib to‘lab berasiz, hech qanday foiz yoki penya yo‘q. Lekin bir shubhali tarafi bor: kartada ushbu limit uchun sug‘urta to‘lovi bor. Ya’ni o‘sha 6 000 000 limitni hammasini ishlata olmaysiz, balki 5 800 000ga narsa sotib olishingiz mumkin, qolgan 200 000ni esa bankka sug‘urta to‘lovi qilib to‘lab berasiz. Reklamada bu karta xaqida halol rassrochka deyilgan edi. Shu kartadan foydalanish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday sharti bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 08:10 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday sharti bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 08:10 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat