Avtokredit va nasiya savdo

Assalomu alaykum! Assalomu alaykum! Muxtaram ustozlar, men va ikki dustim avtokredit va nasiya savdo borasida baxslashib koldik. Birinchi dustim aytyaptilarki ikkisi xam foizli bulsa nima farki bor, avtokreditda xam kushib beradi va maiyshiy xizmat kursatish dukonida xam dedilar.Men esa bu nato‘g‘ri ekanligigi takidladim, yani dukondan uz narxidan kimmatrokga olish va keyin bulib tulash bu nasiya savdo va avtokredit joiz emasligi xakida " Zikr axlidan surang " saytida ukiganligim to‘g‘risida aytdim. Bu javobdan keyin xam dustim uz fikrini ilgari surdi, men din soxasida anik echim turganda u dustimning fikr bildirishga xakki yokligini aytdim. Dustim mendan Kuron va sunnatdan dalil keltirishimni suradi , men buni keltira olmasligimni aytdim va bunga javob tarikasida " Zikr axlidan surang " saytida keltirilgan javobni aytdim, sung dustimning yuzida va gapirish oxanglarida vajoxatni sezgach xech narsa demasdan uni tark etdim. 1) Men tutgan yul kanday? 2) Dustim dalil suramokda? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ اسْتَعْمَلَ رَجُلًا عَلَى خَيْبَرَ، فَجَاءَهُمْ بِتَمْرٍ جَنِيبٍ، فَقَالَ: أَكُلُّ تَمْرِ خَيْبَرَ هَكَذَا؟ فَقَالَ: إِنَّا لَنَأْخُذُ الصَّاعَ مِنْ هَذَا بِالصَّاعَيْنِ، وَالصَّاعَيْنِ بِالثَّلَاثَةِ، فَقَالَ: لَا تَفْعَلْ، بِعِ الْجَمْعَ بِالدَّرَاهِمِ ثُمَّ ابْتَعْ بِالدَّرَاهِمِ جَنِيبًا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishini Xaybarga vakil etib tayinladilar. Bas, u yaxshi xurmo keltirdi.
«Xaybarning hamma xurmosi shundaymi?» deb so‘radilar.
«Biz bundan bir so’sini ikki so’ga va ikki so’sini uch so’ga olamiz», dedi vakil.
«Unday qilma! Yomonini dirhamga sotib, yaxshisini dirhamga sotib ol», dedilar u zot».
Sharh: 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xurmoni xurmoga almashtirish ribo bo‘lganligi uchun bir navini sotib, uning puliga boshqa navdan sotib olish kerakligini vakilga uqdirmoqdalar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:31 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar