Farishtalar va shayton

Assalomu alaykum! Siyrat darslarini eshitishda ushbu ma’lumotlarga duch keldim: Madinaga hijrat vaqtida Dorun nadvada mushriklar payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni o‘ldirish rejasini tuzishda, shayton ham ularga maslahat bergani keladi. Ikkinchi aqaba bay’atida Yasribliklar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga u zotni har qanaqangi dushmandan muhofaza qilishga bay’at berishganida, shayton bu haqida baqirib makkaliklarga va hajga kelganlarga xabar beradi. Mushriklar Badrga borish-bormaslikni muhokama qilib turishganida shayton Suroqa ibn Molik ko‘rinishida ularga maslahat berish uchun keladi. Badr g‘azotida Jabroil alayhissalom mingta farishta bilan musulmonlarga yordam berish uchun tushadi.
Shu ma’lumotlar sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! فلما بايعنا رسول الله صلى الله عليه وسلم صرخ الشيطان من رأس العقبة بأنفذ صوت سمعته قط ‏‏:‏‏ يا أهل الجباجب - والجباجب ‏‏:‏‏ المنازل - هل لكم في مذمَّم والصُّباة معه ، قد اجتمعوا على حربكم ‏‏.‏‏ قال ‏‏:‏‏ فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم ‏‏:‏‏ هذا أزبّ العقبة ، هذا ابن أزيب Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilgach, Aqobaning bosh tomonidan Shayton bor tovushi bilan: «Ey (Makka) xonadolari mana bu xor odamga va atrofidagi dinidan qaytganlarga qaramaysizlarmi? Ular sizlarga qarshi jang qilish uchun jamlanishmoqda», deb baqirdi. Aniq uni eshitdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu Ibn Uzayb ismli shayton. U aqabadagi ilon», dedilar. (Bidoya van nihoya kitobi Ibn Kasir) Anfol surasining 48 oyatida ham Shayton odam suratida Makka mushriklarining oldiga kelib ularni musulmonlarga qarshi urush uchun targ‘ib qilgani quyidagiyaa bayon qilingan: وَإِذْ زَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ وَقَالَ لَا غَالِبَ لَكُمُ الْيَوْمَ مِنَ النَّاسِ وَإِنِّي جَارٌ لَكُمْ فَلَمَّا تَرَاءَتِ الْفِئَتَانِ نَكَصَ عَلَى عَقِبَيْهِ وَقَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِنْكُمْ إِنِّي أَرَى مَا لَا تَرَوْنَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ وَاللَّهُ شَدِيدُ الْعِقَابِ «O‘shanda shayton ularga (mushriklarga) qilayotgan ishlarini ziynatli qilib ko‘rsatib: «Bu kun odamlar ichida sizlarga g‘olib keladigani yo‘q. Mana, men yoningizdadirman!» – dedi. Ikki to‘p (lashkarlar) to‘qnashganda esa (shayton) ortiga chekinib: «Men sizlardan bezorman. Men sizlar ko‘rmagan narsani ko‘rayapman*. Men Allohdan qo‘rqaman. Alloh jazosi qattiq zotdir», – dedi». Farishtalarning tushish ham Qur’onda bayon qilinib shunday deyilgan: إِذْ تَسْتَغِيثُونَ رَبَّكُمْ فَاسْتَجَابَ لَكُمْ أَنِّي مُمِدُّكُمْ بِأَلْفٍ مِنَ الْمَلَائِكَةِ مُرْدِفِينَ «Rabbingizga (yordam so‘rab) faryod qilganingizda: «Men sizlarga ketma-ket (keluvchi) ming nafar farishta bilan madad beruvchidirman», – deb (duoingizni) ijobat etganini eslangiz!» Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda esa: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ يَوْمَ بَدْرٍ: «هَذَا جِبْرِيلُ، آخِذٌ بِرَأْسِ فَرَسِهِ، عَلَيْهِ أَدَاةُ الْحَرْبِ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Badr kuni: «Mana Jabroil, otining boshini ushlab turibdi. Egnida jang aslahalari», dedilar». Xulosa qilib aytganda siz o‘qigan ma’lumotlar siyrat va tafsir kitoblarida kelgan sahih ma’lumot hisoblanadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 177 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar