Din dushmanlari
Assalomu alaykum! Din dushmanlari 09:50 / 04 iyul’ | 1 Assalomu alaykum! Alloh ishingizga rivoj bersin! Men Xristianlarning bahsida ko‘rib qoldimki, xristianlar o‘zlari uchun "Taloq" surasini 4 -oyatini ushlab olib musulmonlarni sha’niga dog‘ tushirishga harakat qilishyapti. Ularni adashganlar ekanini yaxshi bilamiz. Shu oyatni yaxshiroq tushuntirib bersangiz. Men Tafsiri Hilolda o‘qidim. Lekin yaxshi tushunmadim. «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: – Va alaykum assalom! Ular bu oyatni nimaga dog‘ tushirishmoqda? Batafsil yozing. Vallohu a’lam! Voyaga etmaganlar talog‘i degan eri bor ekan Taloq surasi 4-oyatta ya’ni hayz ko‘rmaganlarni talog‘i deyilgan. Taloqni turmushga chiqqan qizga beriladi hayz ko‘rmaganlar esa voyaga etmagan bo‘lishadi deb, shuni ular voyaga etmagan yosh qizlarga uylanib nomaqbul ishlar qilasizlar ekan deb o‘zlariga hujjat qilib olishipti. Shuni tushuntirib bera olasizmi agar noto‘g‘ri talqin qilgan bo‘lsam Allohni o‘zi kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Balog‘atga etib hayz ko‘rmaydiganlari yoki hayzni ko‘rib klimaks yoshdan o‘tib to‘xtaganlari bo‘ladi. Ba’zi bir millatlarda yoshligida nikohlab keyin katta bo‘lganida valiyma qilib beradiganlari bo‘ladi. Ishqilib shariat sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma holatni echimini bayon qilib qo‘ygan. Alloh taolo "Mutoffifiyn" surasida marhamat qiladi: إِنَّ الَّذِينَ أَجْرَمُوا كَانُواْ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا يَضْحَكُونَ 29. Albatta, jinoyat qilganlar iymon keltirganlar ustidan kular edilar.
Ha, kofir bo‘lib, jinoyat qilganlar besh kunlik dunyoda iymon keltirib, musulmon bo‘lib yashaganlar ustidan kular edilar. Ular mo‘min-musulmonlarning har bir narsasidan kular edilar.
Jinoyat qilganlar mo‘minlarning aqiydasidan kular edilar. Ular mo‘minlarning Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, rasullariga, qiyomatiga, jannati va do‘zaxiga, qazoi qadariga ishonishlariga kular edilar. Asli yo‘q xurofotga ishonishmoqda, der edilar.
Jinoyatkor dinsizlar mo‘minlarning ibodat qilayotganlarini ko‘rganlarida, namoz o‘qib, ro‘za tutganlarini bilganlarida, ularni masxara qilib, ustilaridan kular edilar. «Anavilar behudaga yotib-turib, och qolib va hokazo ishlarni qilib, ahmoq bo‘lyapti», deb istehzo qilar edilar.
Shunga o‘xshash, boshqa soha va amallarda ham kofirlar mo‘minlar ustidan masxara qilib, kular edilar. وَإِذَا مَرُّواْ بِهِمْ يَتَغَامَزُونَ 30. Qachon ularning yonidan o‘tsalar, (masxaralab) ko‘z qisardilar.
Ya’ni kofirlar bor joydan mo‘minlar o‘tsa, kofirlar ko‘zini qisib yoki boshqa a’zolari bilan turli ishoralar qilib, mo‘minlarni masxara qilardilar. وَإِذَا انقَلَبُواْ إِلَى أَهْلِهِمُ انقَلَبُواْ فَكِهِينَ 31. Qachon ahllari huzuriga qaytsalar, huzurlanib qaytardilar.
Ya’ni mo‘minlarga ozor berib, ularni gap-so‘z, imo-ishora bilan masxara qilib bo‘lgach, ahli-ayoli huzuriga xursand bo‘lib qaytar edilar.
Ha, kofir va fojirlar taqvodor mo‘minlarni masxara qilish ila huzurlanar edilar. Mo‘minlarning kofirlar tomonidan masxara qilinishlariga asosiy sabab ularning iymonlari va dindorliklari edi. وَإِذَا رَأَوْهُمْ قَالُوا إِنَّ هَؤُلَاء لَضَالُّونَ 32. Va qachon u(mo‘min)larni ko‘rsalar, «Albatta, anavilar adashganlar», – der edilar.
Ha, agar kofirlar mo‘minlarni ko‘rsalar, o‘zaro bir-birlariga: «Anavi mo‘minlar adashganlardir, adashib, o‘zlaricha, Allohga, Qur’onga, Muhammadga, do‘zaxu jannatga, qiyomat bo‘lishiga, savobu iqobga o‘xshash narsalarga ishonib yurishibdi. Ular adashib, namoz o‘qish kerak, ro‘za tutish kerak, yaxshi bo‘lish kerak, harom emaslik kerak, yomonlik qilmaslik kerak, deb yurishibdi», – deyishardi. Shuningdek, boshqa har xil gap-so‘zlarni aytishar edi.
Xo‘sh, kofirlarga mo‘minlarni masxara qilish, «Ular adashib yurishibdi» deyish huquqini kim berdi?! Ularning bu haqda biror hujjatlari bormi?! Nima uchun shunchalar o‘zlaridan ketishadi? وَمَا أُرْسِلُوا عَلَيْهِمْ حَافِظِينَ 33. Holbuki, ularning ustidan kuzatuvchi etib yuborilganlari yo‘q-ku!
Aksincha, Alloh taolo mo‘minlarga kofirlarni dinu diyonatga, amalu ibodatga da’vat qilishni amr qilgan-ku! Mo‘minlar o‘zlariga Alloh taolo bergan hujjat asosida kofirlarni tuzatib, to‘g‘ri yo‘lga solishlari kerak-ku!
Ammo bu dunyoning ishlari teskari ekan, kofirlar mo‘minlar ustidan kulib turibdilar. Lekin u dunyoning ishi teskari emas, u dunyoda hamma narsa o‘z o‘rnini topadi. Qiyomat qoim bo‘lganda, mo‘minlar va kofirlarning holi tamoman boshqacha bo‘ladi.
Endi qiyomat kuni shu ikki toifaning – mo‘minlar va kofirlar toifasining holi nima bo‘lishi bayon qilinadi. فَالْيَوْمَ الَّذِينَ آمَنُواْ مِنَ الْكُفَّارِ يَضْحَكُونَ 34. Endi bu Kunda iymon keltirganlar kofirlar ustidan kularlar.
Qiyomat kuni oxiratda mutlaq adolat bilan ish ko‘riladi. Unda bu dunyodagiga o‘xshab, haqsizliklar bo‘lmaydi. Har bandaga bu dunyoda qilgan amaliga qarab, zarracha ham zulm qilmasdan, jazo yoki mukofot beriladi. Mo‘minlarga bu dunyodagi iymon-e’tiqodlari uchun, amal va ibodatlari uchun hamda kofirlardan chekkan ozorlari uchun jannati na’im va maqomi oliylar beriladi. Kofirlarga esa bu dunyodagi kufru fujurlari uchun, gunohu isyonlari uchun va mo‘minlarga bergan ozorlari uchun jahannamning qa’ri va zaqqum zahari beriladi.
Ana o‘shanda mo‘minlar kofirlar ustidan har qancha kulsalar, arziydigan hol vujudga keladi va ular kofirlarning ustidan rosa kuladilar. Kulganda ham... عَلَى الْأَرَائِكِ يَنظُرُونَ 35. Pardali, baland so‘rilar ustida nazar solib turarlar.
Mo‘minlar dur va yoqutlar bilan bezatilgan, atrofi go‘zal pardalar bilan to‘silgan so‘rilarda yastanib yotib, do‘zax qa’rida alvon azoblar chekayotgan kofirlarga nazar solib, ularning ustidan kuladilar. Mo‘minlarning kofirlar ustidan kulishlaridan bir ko‘rinishni «Jome’ fi ahkomil Qur’on» tafsiri sohibi imom Qurtubiy quyidagicha vasf qiladilar: «Do‘zaxiylar do‘zaxda turganlarida ularga «Chiqinglar!» deb, do‘zaxning eshiklari ochiladi. Ular eshiklarning ochilganini ko‘rishlari bilan, chiqmoqchi bo‘lib, u tomon otiladilar. Mo‘minlar esa baland so‘rilarda ularga nazar solib turadilar. Kofirlar do‘zax eshigiga etib kelishlari bilan yopilib qoladi. Shunda mo‘minlar ulardan kuladilar». هَلْ ثُوِّبَ الْكُفَّارُ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ 36. Kofirlar qilgan ishlarining «savobi»ni oldilarmikan?!
Olganda qandoq! Kofirlar bu dunyoda qilgan ishlarining «savobi»ni shunday oladilarki, asti qo‘yavering. Ularning kufr va isyonlarining «savobi»ni olishlari haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Ular bu dunyoda qilgan zarracha ayblarining ham, xususan, mo‘minlarni masxara qilganlari, ularga ozor berganlarining ham «savobi»ni rosa oladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 161 | Ayollarga oid masalalar