Zavol vaqti

Assalomu alaykum! Mo‘minning me’roji-Mufassal namoz kitobida kunduzning o‘rtasida, ya’ni quyosh tikkaga kelganda, bu taqriban peshindan yarim soat oldingi vaqt zavol vaqti ekanligi aytilgan va namoz o‘qishlikdan qaytarilgan. Peshin 12:30da bo‘lsa 12dan boshlab namoz o‘qishlik mumkinmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Peshin 12:30da bo‘lsa 12:25dan 12:30gacha joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar