Mana shuni tushuntirib bersangiz

Assalomu alaykum! mana shuni tushuntirib bersangiz. Abu Hanifa dedilar: — Rabbim osmondami yoki Erdami, bilmayman, desa u Parvardigor sifatlarini bilmagani uchun kofirdir. Alloh taolo: «Alloh osmonlarni, ko‘rib turganingizdek ustunsiz ko‘tarib qo‘ygan, so‘ngra Arsh uzra mustaviy bo‘lgan...» (Ra’d, 2, mazmuni)’, «(U) Arsh uzra mustaviy bo‘lmish Rahmondir» (Toha, 5, mazmuny). Men Arshning osmonda yoki Erda eka-nini bilmayman, desa ham kofirdir. Chunki u bu so‘zi bilan Arshning osmonda ekanini inkor qiladi. Vaholanki, Arsh Illiyinning eng tepasidadir. Alloh ulug‘dir, aksincha bo‘lishi mumkin emas. Pastliqda, narsa ichida yo ustida bo‘lish ilohning sifati emasdir. Hadisda rivoyat qilinganki, bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga bir odam qora cho‘rini etaklab kelib, u zotga: menga bir mo‘min qul ozod qilish vojib bo‘lib qoldi, mana bu cho‘ri bo‘ladimi, dedi. U zot cho‘riga: sen mo‘minmisan, dedilar. U: ha, dedi. Payg‘ambarimiz alayhissalom: Alloh qaerda, dedilar. Cho‘ri: munazzah deb yod qildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) boyagi kishiga: bu cho‘rini ozod qil, u mo‘mina ekan, dedilar. mening chunishimcha moturidiy aqiydasida bu narsani Allohni o‘zi biladi biz buni ta’vil qilmaymiz deyilganmi? men Ziyovuddin Rahimning "Islom aqiydasi" nomli kitobini o‘qib chiqdim u erda quyidagilar yozilgan: Alloh taolo osmonlarni, erni, ulardagi narsalarni olti kunda yaratdi (Bu kunlar miqdori qanchaligini bilmaymiz). Keyin O‘zining buyukligiga munosib tarzda Arshga istivo qildi. “Istivo” so‘zi o‘zbek tiliga “egallash” deb o‘giriladi. Biz Alloh Arshga istivo qilganiga shakshubhasiz imon keltiramiz, lekin uning qanday, qay tarzda amalga oshganini bilmaymiz, istivoni turlicha ta’vil qilmaymiz (izohlamaymiz), Allohni O‘zi yaratgan mavjudotlarga o‘xshatmaymiz, Ahli sunna val jamoa mazhabi yo‘lini tutamiz, Arshga istivo qandayligini Allohga havola qilamiz, bu haqida ortiqcha gapirmaymiz. meni qiynayotgan narsa Alloh qaerda degan savolga salafiylar osmonda deb mulk surasidagi oyatni keltirishadi, chunishimcha ashariylar u oyatni ta’vil qilib Allohning kuch qudrati osmonda deyiladi deyishgan. moturidiylar bo‘lsa Uning ta’vilini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda mustahkam bo‘lganlar esa: «Unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir», – derlar. shunday der ekanlar, menga shu savolni berishsa qaysi birini javobni berishim kerek? bu narsa faqatgina meni mas ko‘pchilikni ikkilantirib qo‘ygan bo‘lsa ajab emas
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan gaplarning hammasiga bir javob, oyat haq, Alloh u oyatlardan nimani iroda qilganini ilmini Allohning O‘ziga havola qildim... Shu etadi, boshqa gapga hech qanday hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:43 | Savol-javoblar | 149 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar