Sirli duolar

Assalomu alaykum! Sirli boy qiluvchi duo “Voqia” surasining siri. Yaxshilab taxorot olib asr namozini o‘qish va o‘sha erdan qimillamay shoshilmay Bismillahir rahmonir rohiym ni 100 m so‘ng Astag‘firulohal aziym va tavabur rohiym 100 m so‘ng La ilaha illallohni 100 m so‘ng Ya Daym ismini 300 marta so‘ng Allohumma soli ala sayidina Muhammadin va ala alihi va sallim 100 m so‘ng Voqia surasini 14 marta o‘qish va so‘ng ishtihod qilib so‘raydigon miqdordagi boylikni so‘rash va 7 marta salovat aytib qo‘zg‘alish. bu ish 3 kun bajarilarkan. Ish yo‘llar ochilib kutulmagan tomondan voqia surasining sirli kuchi natijasida Allohning irodasi bilan baraka boylik xonadonga kirib kela boshlarkan shu amal qanchalik to‘g‘ri, Ya Daym ismi Nima manoni beradi Allohni Shu ism sifati bormi bidat amalmasmi Qutbul irshod nomli kitobda bor ekan adashmasam men ham yutubdagi bir kanaldan oldib sizlardan bir so‘ray dedim chuqurroq malumot bersalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu zikrlarni shu ketma-ketlik va adadda o‘qishga dinimiz tomonidan buyruq yoki tavsiya kelmagan. Bu narsani odamlarning o‘zlari o‘ylab topganlar. Ya’ni, “ushbu ishni qilsa Alloh baraka va boylik beradi” deb ta’kid bilan aytish va buni shariat ko‘rsatmasi deb bilib insonlarni shunga da’vat qilish mumkin emas. Vallohu a’lam!

7 Dekabr 2023, 14:01 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar