Arabcha ukish

Assalomu alaykum! Arabcha ukishni bilmagan odam tarovexni ukigani afzalmi yoki ukimaganimi biz kril xarflarida organganmiz u 100% togri emasku tajvid maxraj degan narsalar bor. Yoki Savobini Alloxdan umid kilib xato bolsaxam ukigani yaxshimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta o‘qiganingiz afzal bo‘ladi. Sizning qiroatingiz o‘zingizning namozingiz uchun kifoya qiladi. Boshqa sizdan tajvidi yaxshi odamga imom bo‘la olmaysiz. Lekin bu siz shu holatda davom etsangiz bo‘laveradi degani emas. Siz ibodatingizni mukammal qilish uchun imkoningiz boricha tajvidni ham yaxshi o‘rganishga harakat qilishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar