Mustahab(istinjo) qilish haqida

Assalomu alaykum xurmatli ustozlar, bavl qilgandan keyin mustahab qilmasdan artinib, tahorat qilib nomoz o‘qisa joizmi? Oldindan uzr, izlash xizmatidan foydalandim, unda “faqat najosatni ketkazish uchun mustahab qilinadi” deb yozgan ekansizlar. Demak, bavl qilsa mustahab qilmasdan artinsa ham bo‘ladi, shundaymi? Aniq javob topolmaganim uchun savolni yo‘llayabman.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘pchilik namozxonlar, xususan yangi namoz o‘qishni boshlaganlar tahoratni, old va orqani yuvishdan boshlanadi – deb o‘ylashadi. Ko‘p vaqt o‘tmay erkak va ayollar jinsiy a’zolari tarafidan bemorliklarga yo‘liqishadi. Ba’zi kishilar shu tarafidan vasvasaga uchraganlar. Aslida bu ish o‘z nomi bilan mustahabdir. Farz yoki vojib emas. Yuvish faqatgina najosat chiqqan joyidan atrofiga yoyilib ketsagina vojib bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobalar bavl qilganlaridan keyin kesakning o‘zi bilan istinjo qilib, tahorat olib namoz o‘qiganlari bir necha hadislarda zikr qilingan. shariat bergan engillikni qiyinlashtirib, yo‘lni o‘zimizga toraytirmaylik. Bavl qilgandan keyin kesak bilan tozalanib tahorat olib namoz o‘qilaveradi. Xususan sovuq o‘lkalarda, sharoitlari og‘ir joylarda. Vallohu a’lam.

27 Aprel 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 179 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar