Er yotog‘ida bo‘lgan ishlarini uyidagilariga aytishi
Assalomu alaykum! Men o‘sgan uyda ayollar va erkaklar haqidagi, ular orasidagi shaxsiy gaplar umumiy aytilmasdi. Hozir turmushga chiqqanman. Qayinopalarim va turmush o‘rtog‘im hamma narsa haqida juda ochiq gaplashishadi. Hatto menda kechadigan holatlar haqida har bir narsani so‘rayverishadi. Men xo‘jayinimga bunday gaplarni gaplashish uyat emasmi, men bunday muhitda o‘smaganman deb aytdim va biz bu borada tortishib ham qoldik. Oila bo‘lgandan so‘ng qiziqadida dedilar. Aytingchi, diniy nuqtai nazardan shu qadar ochiq gurung qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilishdan hadisda qaytarilgan. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ أَشَرَّ النَّاسِ عِنْدَ اللهِ مَنْزِلَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ الرَّجُلُ يُفْضِي إِلَى امْرَأَتِهِ وَتُفْضِي إِلَيْهِ ثُمَّ يَنْشُرُ سِرَّهَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni Allohning nazdida martabasi eng yomon odam ayoliga yaqinlik qilib, ayoli unga yaqin bo‘lganidan keyin sirini odamlarga yoyib yuradigan kishidir», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Er‑xotinning orasidagi shariat ishi (mubosharat) faqat ikkisining siri bo‘lib qolishi kerak. Er ham, xotin ham jinsiy aloqa paytida bo‘ladigan narsalarni boshqalarga aytmasligi lozim. Mazkur sirni boshqalarga aytib yurish beodoblik, sharmu xayosizlik va gunoh ish hisoblanadi, jamiyatda fohisha gap-so‘z va ishlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham quyida o‘rganiladigan rivoyatimizda bu ishni qiladigan kishi shaytonga o‘xshatilmoqda. وَلِأَصْحَابِ السُّنَنِ: إِنَّمَا مَثَلُ ذَلِكَ مَثَلُ شَيْطَانَةٍ لَقِيَتْ شَيْطَانًا فِي السِّكَّةِ فَقَضَى مِنْهَا حَاجَتَهُ وَالنَّاسُ يَنْظُرُونَ إِلَيْه «Sunan» egalarining rivoyatida:
«Uning misoli urg‘ochi shayton ko‘chada erkak shaytonga duch kelib, odamlar qarab turganda undan (urg‘ochi shaytondan) hojatini qondirib olganga o‘xshaydi», – deyilgan.
Er‑xotinlarning o‘zlari oralaridagi jinsiy hayot haqida boshqalarga so‘zlab yurishlari ana shunday sharmandali ish hisoblanadi. Shuning uchun mo‘min‑musmon erkagu ayol o‘zaro jinsiy sirlarini hech kimga aytmasliklari kerak.
Oilaviy hayot, jinsiy munosabat odoblari haqida so‘z ketar ekan, ushbu mavzuning ajralmas qismi bo‘lgan g‘usl masalasini ham eslab o‘tsak, maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak. Bilganlarga takror, bilmaganlarga ilm-ma’rifat bo‘ladi, inshaalloh. ("Baxtiyor oila" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:21 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush