Jin kirshiga ahli sunna nima deydi?

Assalomu alaykum. Hazrat, biz insonga jin kirishi haqida siz aytgan gaplarni o‘qidik yani jin kirmasligi haqida aytgansiz. Lekin bazi malumotlarga qaraganda jin kiriwini bor degan olimlar ham bor ekan. Misol, Suyutiy, Ibn Hajar Haytamiy, imom Ahmad "Ahkom al marjon"da, imom Ashariy "Maqolat al islamiyn"da jin kirishi haqida aytib o‘tishgan ekan va motazila mazhabidagilar kirmaydi deydi deyishgan. Abu Said al Hudriydan r.a imom Muslim rivoyat qilgan hadisda insonga jin og‘iz orqali kirishi mumkinligini Nabiy s.a.v aytgan ekanlar. Ummu Zufar r.a ga jin kirgani haqida imom Bazzor rivoyatlar bor ekan. Usmon ibn Abul Ossdan r.a imom Bayhaqi, ibn Mojalar rivoyat qilgan hadisda shu haqida aytilgan ekan. Ya‘lo ibn Murradan r.a kelgan hadisda Rosulalloh s.a.v jin kirgan odamga "Chiq ey Allohni dushmani" degan ekanlari keltirilgan. Imom Ahmad, Hokim rivoyat qilishgan ekan. Biz bilmoqchi bo‘lganimiz ahli sunna bu tog‘risida aslida nima degan? Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ixtilofli masala. Ammo kim nimani niyat qilsa, shunga yarasha bo‘ladi. Ko‘pchilik kirmaydi, tegadi deyishgan. Bugungi holatda ham har kimga niyatiga yarasha bo‘lmoqda. Kiradi deganlarning ichi jinga to‘lib ketmoqda. Chunki ular shuni istashmoqda.O‘zingiz o‘ylab ko‘ringlar. Bizda bu gap avval bormidi? Yo‘q edi. Ba’zilar Misrdan o‘rganib kelishdi. Tarqatishdi. Odamlarning boshi baloga qoldi. Men sizlar keltirgan gaplardan ming marta ko‘p narsani bilaman. Ammo odamlarga aytmayman. Jin odamlarning ichiga kirmaydi, deyman!

28 Aprel 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 161 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar