Farmatsevtika sohasi
Assalom alaykum! Men farmatsevtika sohasida o‘qiganman va faoliyat olib borganman. Ilgari e’tibor bermasdim. Bizni sohada o‘qiganlar asosan yoki dorixonada yoki med.predstavitellikda ishlashadi. Dorixonalarda biz bilamiz spirt, kontratsepsiya vositalari, tarkibida cho‘chqa mahsulotlari mavjud dori vositalari, homiladorlikdan saqlovchi dorilar va shu kabi shubhali narsalar sotiladi. Shu dorixonadan topayotgan pulimizning hukmi qanday bo‘ladi? Yoki med.predstavitellikdagi noto‘g‘ri ishlar haqida saytingizda bir nechta savollarga javob berilgan ekan. Bu yo‘nalishda shubhadan holi bo‘lib faoliyat olib borib, halol pul topishga tavsiyalaringizni bersangizlar biroz engillik bergan bo‘lar edingiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh muborak qilsin, tavfiqda bardavom qilsin. Inson tug‘ilganidan vafot topgunicha bo‘lgan misoli ma’lum bir joydan qaysidir bir uzoq safarga chiqqan kishiga o‘xshaydi. Unday kishiga eng avval qilishi kerak bo‘lgan ish o‘sha joyga olib boradigan yo‘lni tanib olishdir va o‘sha yo‘lda chiqadigan chuqurlar, to‘siqlar, zarar beruvchi narsalarni o‘rganish kerak. Aks holda Ka’bani ko‘zlab safarga chiqqan inson Xitoyga borib qolishi mumkin. Yo‘lni chuqurlarini tanimasa, chuqurlarini bilmasa chuqurga tushib halokatga uchrashi mumkin. Xuddi shuningdek inson hayoti ham safardan iboratdir. Oxiri etib borgan joyi yoki jannat bo‘ladi yoki do‘zax. Alloh hidoyat qildi degani shu jannatga olib boradigan yo‘lga solib qo‘ydi degani bo‘ladi. Ibodatlarga yo‘llab qo‘ygani bo‘ladi. Halol haromni tanishni qalbiga solgani bo‘ladi. Alloh sizni ham shu yo‘lga boshlagani bu siz uchun ulug‘ ne’matdir. Alloh tavfiqda bardamom qilsin. Har bir lahzada inson imtihonda bo‘ladi. Oxiratdagi maqomi ham bu dunyodagi tanlovlarga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy bir misol, birovni cho‘ntagidagi molga ko‘z olaytirgan inson o‘zicha bu arzimas narsa deb bilishi mumkin. Aslida esa do‘zaxda bir joyni yoki ulkan bir azobni evazi bo‘ladi. Farmatsevtika sohasi siz kabi insonlarga juda mahtoj, chunki shariatimizda har bir sohaning nojoiz tomoni bo‘lganidek joiz tomoni ham bor. bu sohani nojoiz tomoni ko‘p ekan deb tashlab ketish mutlaqo nojoiz. Tarkibida noshar’iy narsalar bor dorilar ham kimlar uchundir iste’moli muboh darajasiga ham tushadi. Islom.uz saytida “Harom ila davolanish” maqolasini o‘qisangiz buni yaxshi tushinib olasiz. Ishni ham o‘rganishni ham davom ettiring. Noshar’iy bo‘lgan joylarini to‘g‘rilab ketishga harakat qiling. muammoni echishga qiyinchilikka yo‘liqsangiz murojaat qiling biz ham uni echimiga harakat qilamiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:27 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom