Namoz haqidagi savollarim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, har namozdan so‘ng Oyatal kursiyni o‘qisa uni jannatdan faqat o‘lim ajratib turadi deyilgan. Yana Ixlos surasini ham qo‘shib o‘qilsa deyilgan. Shu ikkisini namozlarda farzdan so‘ng o‘qish kerakmi yoki sunnatlarni o‘qigandan so‘ng o‘qiladimi? Masalan peshinning farzidan so‘ng Oyatal kursiy o‘qiladi so‘ng 2 rakat sunnat shundaymi?
2). Taxajjud namozi o‘qiyotganda qiroatni chiqarib o‘qish mumkin deb o‘qib qoldim shu to‘g‘rimi? Maxfiy o‘qiladigan namozlar faqat peshin va asr namozimi? Qolgan nafl namozlarda xam jaxriy qiroat qilib o‘qisa bo‘ladimi?
3). Namozdan so‘ng shoshilib turgan bo‘lsa masalan ishxonada tezda namoz o‘qishga ruxsat olgan bo‘lsa salom bergandan so‘ng turib ketib ishini qilayotgan paytda zikrlarni o‘qisa namozdan so‘ng o‘qigan savobini olib hadisga amal qilgan bo‘ladimi?
4). Agar namozda oxirgi rakatida xayolan tashshaxud, salovat, duodan so‘ng salom berish yodidan chiqib qo‘lini duoda yuziga surgandek sursayu salom bermagani esiga tushib darrov salom bersa, namozi durust bo‘ladimi?
5). Qazo namozlari bo‘lsayu farz namoziga tobe sunnatlar o‘rniga qazo namozini niyat qilsa bo‘ladimi? Ba’zi holatlarda shunday qilib turaman bu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ixtiyoriy. 2). Tundagi nafllar ham ixtiyoriy. 3). Bo‘ladi. 4). Qayta o‘qiladi. 5). Joiz emas. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 187 | Ibodatlar