Agentlardan narsa olib yulduzcha bosish
Assalomu alaykum! Hozirda men va do‘stlarim sizlardan bu masalani anchadan beri so‘ramoqchi bo‘lib yurgandik : Feysbukda "……." degan gruppa bor va bu gruppada xar xil agentlar o‘zlarining maxsulotlarini(soat, naushnik, kamera va boshqa tel.buyumlarini) reklama qilib tekinga berishadi (ularni tovarlarini sotib olamiz keyin 4-5 kundan so‘ng 4-5 yuldiz baxo qo‘yganimizdan keyin pulimizni bizga kartaga tushirib berishadi) Agar ularning maxsulotlariga onlayn bozorda(Amazonda) 4-5 yulduz baxo qo‘ysak, bu orqali ular o‘zlarinig maxsulotlarining reytingini onlayn bozoda ko‘tarishadi va ular tekinga beradigan tovarlarining ko‘p qismi xaqiqatdan xam 4-5 baxoga arziydi. Shunday qilib o‘zimizga kerak bo‘lgan maxsulotlarni olsak bo‘ladimi? Albatta 4-5 yulduzga arziydigon maxsulotlarni xaqqoniy baxolagan xolatda? Bazi tanishlarim bu orqali pul ishlashyapti yani tovarni olib pulni qaytarib olishgandan keyin uni boshqa kishiga pulga sotishyapti maxsulotning narxidan ozgina arzinroqga bazida qimmatroq xam, shunday qilib pul topishlari xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shu holatda guvohlik berish degan ishni qilayotgan va guvohligingizga haq olayotgan bo‘lasiz. Nimaga guvohlik berayapsiz, yolg‘ondan guvohlikmi yoki rostdanmi shunga qarab qo‘ying. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom