Homilasi tushgan ayol namoz o‘qiydimi?

Assalom alaykum!Bir ayol savol bilan sizga murojat qilishimni so‘ragandi.Ayolni savoli:2 oylikdan oshgan homila tushub qolgandan so‘ng,ayol kishidan qon kelib tursa namoz o‘qiladimi?U ayolga ba‘zilar aytishi bo‘yicha agar homila 81-82 kunliklikda tushgan bo‘lsa,qon kelishiga qaramasdan namoz o‘qiysiz debdi.Agan 82 kundan keyin tushgan bo‘lsa o‘qimaysiz debdi.Shunga ayol o‘qishga ham o‘qimaslikga ham ikkilanmoqda.Iltimos,xazrat shunga aniqlik kiritib bering.Shu holatda nima qilishi kerak,o‘qiyversinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tushib ketgan homilaning ba’zi a’zosi ayon bo‘lsa, bola hisoblanadi. Bas, uning onasi nifosli hisoblanadi. Muddatidan oldin tushib ketgan homilada birorta panjami yoki shunga o‘xshash alomatlar bo‘lsa, u homila bola hisoblanadi va onasiga bola tuqqan ayolga joriy qilinadigan hukmlar joriy qilinadi. Jumladan, o‘sha ona nifosli hisoblanadi.

27 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar