Uyimizda ammamning qizi

Assalomu alaykum! Uyimizda ammamni qizi bilan yashab kelamiz. Yoshligimizdan ammam chet davlatda. Nomaxram bo‘lgani uchun juda qiynalayapman. Xar kun biz bilan. Shuning uchun onamni sutini ichirsak maxram bo‘ladimi? Vaziyat og‘ir maslaxat bering?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U qiz ikki yoshdan kichik bo‘lganida edi onangizni sutini ichsa sizga mahram bo‘lar edi. U yoshdan katta bo‘lgani uchun sutini ichsa ham mahram bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar