Iymonim sust

Assalomu alaykum! Iltimos oson yo‘lini aytinglar namozni boshlay olmayabman, ozgina sura va oyatlarni yoddan bilaman, lekin qandaydir narsa to‘sqinlik qiladi. O‘ylanib qolaman, qandaydir kuch to‘xtatadi meni, kitob o‘qishdan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayton jannatga kirishingizdan ham to‘sadida. Shunday holatda qolsangiz shaytonlar bilan birga ularni asirida qolib ketaverasiz. O‘ylanmasdan turing, tahorat qiling, bo‘ldi namozni boshlang. Erkak kishi shaytonni eshagi bo‘lavermay shaytonni ham eshak qilib minish kerakda. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar