Turk sultonlari hayoti(serial)

Assalomu alaykum! Bir savol meni rosa o‘ylantirib qo‘ydi, xozirda televizorlarda turk xalqining va saroyning axvoli ayonlari qayday bo‘lganligini o‘zida mujassamlashtirib beradigan seriallar efirga uzatib kelinmoqda. Va shu seriallar orqali bilishimiz mumkinki podshoxlar ko‘p ayollar bilan nikoxsiz birga bo‘ladilar xatto farzandlarini dunyoga keltirgan ayollari bilan xam nikox o‘qitmaydilar. Bundan ko‘rinib turibdiki ochiqchasiga zino qiladilar yana etmagandek ko‘p insonlarning jonini oladilar. Meni qiziqtirgan jixati turklarning ko‘pchiligi musilmon va ko‘pchiligi namoz o‘qiydi. Namoz o‘qigan va dindan xabari bo‘lg‘an inson bunday zino kabi ishlardan nari bo‘lishi lozim. Ularning o‘qigan namozlari va tutgan ro‘zalari qabul bo‘ladimi? Alloh oldida ular qanday javob beradilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bularni hammasi yolg‘on ekanligiga shubha qilmang. U bir roman, bitta haqiqat ustiga o‘nta yolg‘onni qo‘shib to‘qishadi. Siz nima uchun shu narsalarni televizorda bizni xalqimizga uzatilayotgani haqida o‘ylaning. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:38 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar