Aksa urganda aytiladigan kalima

Assalomu alaykum! Bir tanishimdan eshitdim inson aksa urganda “Sog‘ bo‘ling” deb aytsangiz Alloh sizga 100 savob yozarkan degan mazmunda. Shu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aksa urganga qilinadigan javob quyida hadisda: عَنْ سَالِمِ بْنِ عُبَيْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: عَطَسَ رَجُلٌ عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: السَّلَامُ عَلَيْكُمْ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: عَلَيْكَ وَعَلَى أُمِّكَ، إِذَا عَطَسَ أَحَدُكُمْ فَلْيَقُلِ الْحَمْدُ ِللهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ، وَلْيَقُلْ لَهُ مَنْ يَرُدُّ عَلَيْهِ يَرْحَمُكَ اللهُ، وَلْيَقُلْ يَغْفِرُ اللهُ لَنَا وَلَكُمْ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Solim ibn Ubayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida aksa urdi va:
«Assalomu alaykum», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Senga ham, onangga ham 
(salom). Qachon birortangiz aksa ursa, «Alhamdulillahi robbil ’alamiyn», desin. Unga javob qaytaruvchi (tilak bildiruvchi) «Yarhamukallohu» desin. U esa «Yag‘firullohu lanaa va lakum» desin», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu rivoyatda aksa urilganda aytiladigan iboralarning ikkinchi to‘liq xili kelgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 209 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar