Erdan beso‘rov pul olish
Assalomu alaykum! Er xotin orasida hurmati musoharat(eri o‘z qiziga shahvat bilan tegingan) vojib bo‘lib, oralariga taloq tushgan. Er doimiy ayoliga zug‘um o‘tkazib kelgan. Shifokorlarga olib bormagan. Hozirda ayolining ahvoli og‘ir. Kasal bo‘lsa oylab dorisiz shifokorga bormay noilaj turb ketgan. Tishi og‘risa shifokorga olib chiqmagan. Hattoki yuzi ishib yiringlab ketsa ham spirt bog‘lab duo o‘qi deb buyurgan, bu hol oylab davom etgach mujbur bo‘lib bittada 4 ta tishini oldirib tashlab azob bergan. Hozirda bittagina sog‘ tishi qolgan. Qolganlari ildizi qolgan oldirish kerak. Hozirda boradgan joyi hech vaqosi yo‘q yana 5 ta farzandi bor. Ularni boqishi kerak. Hozirda ayol onasining uyida ammo u erda uzoq qololmaydi. Savolim shuki o‘sha vaziyatda achchiq ustida ayol beruxsat erining 800$ miqdordagi pulini farzandlarining haqi deb olgan, ammo hozirda o‘zini gunohkor deb hisoblab, bu pul harom deb bilmoqda va qanchalar muhtoj bo‘lmasin bu pulga tegmay asramoqda. Imkon topib yashirincha eriga qaytarmoqchi. Aytingchi bu vaziyatda er ayoli uchun dori darmon eb ichishi farzandlarini boqish haqini bermayotgani uchun shu pulni ishlatsa bo‘larmikin? Ayol bu pulga haqiqatdan muhtoj. Er esa pul bermayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolalariga ishlatsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:12 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolalariga ishlatsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:12 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush