Oriflar shatranji
Assalomu alaykum! Oriflar shatranji degan o‘yin haqida eshitib qoldim. Aytishlaricha buni valiylar o‘ylab topgan ekan. Shu haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shatranj ya’ni hozirgi kundagi shaxmat o‘yini dinda targ‘ib qilingan emas. Oriflar o‘zlarini sodda qilib aytganda bir mashina deb tasavvur qilsalar, fikrlashni mashinaning ruli deb biladilar va ular rulni hamisha Allohga topshiradilar. Biror ishni tadbirini qilsalar Allohga istixora qilib solihlar bilan maslahatlashib shaxmat o‘ynovchi kabi fikrlarini yurgizishadi. Shaxmat o‘ynovchi yurishdan oldin “buni yursam u tomondan bu javob bo‘ladi, buni yursam bu javob bo‘ladi” deb hamma ishini qilishdan avval tasavvur qiladi. Allohning roziligiga muvofiq yoki nomuvofiqligini, qaysi birini qilsa savobi ko‘proqligini, qaysi birini qilsa dunyoda foyda ko‘rsa ham oxiratda ziyon ko‘rishini tasavvur qilishadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar