It savdosi
Assalomu alaykum! Men xovlimizda zotdor bir juft it saqlayman, 1 yilcha oldin sotib olgan edim. Yaqinda itlarim ko‘paydi, kuchuklarini bozor narxida e’lon bo‘yicha sotmoqchi edim. Bugun: “Abu Mas’ud al-Ansoriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy alayhissalom it sotib, hamda kohinlik (folbinlik) qilib topilgan pulni ishlatishdan qaytarganlar”ni o‘qib qoldim. Men kuchuklarni sotishim joizmi? Buning shariatda hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyda it boqishingiz joiz emas. It boqish ruxsat berilgan holatlar bor. O‘shandek odamga sotishingiz mumkin. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنِ اقْتَنَى كَلْبًا لَيْسَ بِكَلْبِ صَيْدٍ وَلَا مَاشِيَةٍ وَلَا أَرْضٍ فَإِنَّهُ يَنْقُصُ مِنْ أَجْرِهِ قِيرَاطَانِ كُلَّ يَوْمٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ والْبُخَارِيُّ. وَلَفْظُهُ: مَنْ أَمْسَكَ كَلْبًا فَإِنَّهُ يَنْقُصُ كُلَّ يَوْمٍ مِنْ عَمَلِهِ قِيرَاطٌ إِلَّا كَلْبَ غَنَمٍ أَوْ حَرْثٍ أَوْ صَيْدٍ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim ov iti, chorva iti va ziroat iti bo‘lmagan itni saqlasa, albatta, uning ajridan har kuni ikki qiyrot noqis bo‘ladi», dedilar».
Muslim va Buxoriy rivoyat qilganlar.
Buxoriyning lafzida:
«Kim it saqlasa, albatta, uning amalidan har kuni bir qiyrot noqis bo‘ladi. Chorva yoki ziroat yoki ov iti mustasno», deyilgan.
Sharh: Islomda it boqishga uchta sabab tufayli ruxsat berilgan:
1. Ov uchun it boqsa bo‘ladi.
2. Ekinzorlarni qo‘rish uchun it boqsa bo‘ladi.
3. Qo‘y va boshqa hayvonlarni qo‘rish uchun it boqsa bo‘ladi.
Umumiy qilib aytganda, qo‘riqchi itlarni boqsa bo‘ladi.
Hozirgi paytlarda ba’zi izquvarlik yoki narsalarni hidlab, bilish uchun ishlatilayotgan itlar ham qo‘riqchilik uchun ushlab turiladigan itlar qatoriga kiradi.
Boshqa maqsadlar uchun it ushlab turish shariatga xilof sanaladi. Chunki it najas narsa. Yalagan, hidlagan narsalarini ham najasga aylantiradi. U najas narsalarni egani uchun og‘zida o‘ta zaharli mikroblar ko‘p bo‘ladi. Buning ustiga, it vaqti-bemahal hurib, kishilarni bezovta qiladi, ularga ozor beradi. Bo‘shalib ketgan itlar esa kishilarni qopib olishi, turli jarohatlarga, kasalliklarga va hatto quturib qolishga sabab bo‘lishi mumkin. Shu ma’noda turli jamiyatda tez-tez itlarni qirib tashlash ishlari olib borib turilishi ham buning isbotidir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 226 | Moliya va tijorat