Telefonni bo‘lib to‘lashga sotish

Assalomu alaykum! Men uyali aloqa vositalari savdosi bilan shug‘illanaman. Men naqd to‘lovga savdo qilaman. Endi faoliyatni kengaytirish maqsadida (rassrochkaga) ya’ni pulni oyma-oy bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan savdoni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Bank ishtirokisiz. O‘zim naqd pulga chetdan tovarlarni sotib olib kelganman. Bunda biz kelgan mijozga 2ta taklif beramiz. Birinchisi bitta telefon naqd pulga 1 millionga sotilsa, ikkinchi taklif esa agar mablag‘i etmasa shu 1 millionlik telefonn muddatli to‘lov (6 oy) oyma-oy bo‘lib to‘lash sharti bilan 1 yarim millionga taklif qilmoqchimiz. Naqdga boshqa, bo‘lib to‘lashga esa sal qimmatroq sotilishini aytib sotmoqchiman. Shunda shu ish menga xalol bo‘ladimi? Bu ribo bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki narxni aytishingiz joiz, lekin savdo ikkisidan biriga tayin bo‘lgan holatda tugasin. Ertaroq olib kelsangiz bu kechroq olib kelsangiz bu deb ikki narxga kelishilgan holda tugatmanglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar