Al Isro surasi 69- oyati

Assalomu alayku! Isro surasi 69-oyatini ma’nosini anglay olmadim. Nima deyilgan bu oyatda? Yoki sizni u(dengiz)ga yana bir marta qaytarib, ustingizdan shiddatli shamol yuborib, kufr qilgan narsangiz sababli g‘arq qilib yuborishidan va siz o‘zingizga Bizdan o‘ch oluvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Undan oldingi oyatni ham tushunib o‘qishingiz kerak edida.  أَفَأَمِنتُمْ أَن يَخْسِفَ بِكُمْ جَانِبَ الْبَرِّ أَوْ يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًا ثُمَّ لاَ تَجِدُواْ لَكُمْ وَكِيلاً۝ 68. Sizni quruqlikning bir tomoniga yutdirib yuborishidan yoki ustingizdan toshli shamol yuborishidan, so‘ngra o‘zingizga qutqaruvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?!
Ey noshukr bandalar, dengizda falokatga uchraganingizda qo‘rqib ketib, faqat Allohga iltijo qilgan edingiz. Endi, U sizni qutqarganidan keyin, quruqlikka chiqib olib, yuz o‘girib ketishingiz nimasi? Yoki, er yuzida Allohning falokatiga uchramayman, deb xotirjammisiz?! Suvda falokatga uchratgan Alloh quruqlikda ham falokatga uchratishga qodir. Yoki U
«Sizni quruqlikning bir tomoniga yutdirib yuborishidan…» xotirjammisiz?!
Erga yutdirmasa, boshqa falokatga ham uchratishi mumkin. Ana o‘shanday falokatlarga uchrashdan ham xotirjammisiz?! Misol uchun, Alloh ustingizga shamol yo‘llab, tosh yog‘dira olmaydimi?! Xotirjam bo‘lishga aslo haqqingiz yo‘q. Alloh falokatlarini yuborganida, siz o‘zingiz uchun qutqaruvchi topa olmay qolasiz. Alloh taolo uchun sizni falokatga uchratish hech gap emas. أَمْ أَمِنتُمْ أَن يُعِيدَكُمْ فِيهِ تَارَةً أُخْرَى فَيُرْسِلَ عَلَيْكُمْ قَاصِفا مِّنَ الرِّيحِ فَيُغْرِقَكُم بِمَا كَفَرْتُمْ ثُمَّ لاَ تَجِدُواْ لَكُمْ عَلَيْنَا بِهِ تَبِيعًا۝ 69. Yoki sizni unga (dengizga) yana bir marta qaytarib, ustingizdan shiddatli shamol yuborib, kufr keltirganingiz sababli g‘arq qilib yuborishidan va siz o‘zingizga o‘sha uchun Bizdan o‘ch oluvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?! Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:09 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar