Inson o‘zini taqvador his qilsa

Assalomu alaykum! Men bir hadisni eshitganimdan buyon oy xayolimdan chiqmay qoldi. Hadisni to‘liq matnini bilmayman. Bir kuni payg‘ambarimiz alayhissalom masjidda o‘tirgandilar bir odam kirib keldi. Shunda sahobalari bizning taqvodor insonimiz shu kishi doim ro‘zador, namozxon, ibodatgo‘y deyishdi. Payg‘ambarimiz alayhissalom bu odamning yuzida shayton alomati sezilayapti dedilar va yoniga chaqirib sen masjidga kirganingda hayolingdan men bulardan yaxshiman deb o‘yladingmi dedilar. Odam ham shunday dedilar. Menda ham shunday hayollar bo‘ladi hammadan ko‘ra yaxshiman bunday qilmayabdi bu men qilyapman, aqlim ham bulardan yaxshiroq degan hayollar keladi lekin o‘zimga o‘zim aytaman bu tomonlama yaxshidursan lekin boshqa tomonlama yomonsan. Bunday o‘ylashim kerak emas deyman o‘zimga o‘zim. Savolim hadisni davomi va o‘sha hadisdagi insonning hayoti oxiri qanday bo‘lgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmadik. Ustozlarimiz hamma vaqt “Ayni vaqtda hamma musulmonlar mendan yaxshi, kelgusida kofirlar ham iymon keltirishsa mendan afzal bo‘lib qolishadi” degan fikrda bo‘lganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 149 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar