Hanafiy mazhabi kitoblari
Assalomu alaykum! Kifoya kitobidan iqtibos: “Muhtasari Viqoya” Hanafiy mazhabidagi eng mashhur kitoblardan biri hisoblanadi. Chunki, u bu mazhabdagi asosiy e’timodga sazovor bo‘lgan to‘rt matndan biri bo‘lmish «Viqoya» kitobini qisqartirilganidir.
Yuqorida aytilgan 4 matn haqida bilmoqchi edim, imkon bo‘lsa shular haqda ma’lumot bersangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1. «Muxtasari Viqoya». Bu kitobning asl nomi «Niqoya» bo‘lib, uni hijriy 745 sanada vafot etgan mashhur faqih Sodrush-shariy’a Ubaydulloh ibn Mas’ud Hanafiy o‘zining bobosi Mahmud ibn Sodrush-shariy’aning «Viqoyatur-rivoya fiy masoilil Hidoya» nomli kitobini muxtasar qilish – qisqartirish ila yuzaga keltirgan. Demak, «Muxtasari Viqoya» kitobi Burhonuddin Marg‘inoniyning «Hidoya»siga bog‘liq kitobdir. «Muxtasari Viqoya» ayniqsa bizning diyorimizda qadimdan mashhurdir. 2. «Muxtasari Quduriy». Bu kitob imom Abulhusayn Ahmad ibn Mahmud Quduriyning qalamiga mansub. Hanafiy mazhabida «kitob» deyilganda «Muxtasari Quduriy» anglanadi. «Muxtasari Quduriy» hanafiy mazhabidagi eng mashhur kitoblardan biridir. U mubolag‘a darajasida maqtalgan. Hoji Xalifaning ta’kidlashicha, hanafiylar bu kitobni vabo tarqalganda raddi balo uchun o‘qishgan va «Kim uni yod olsa, faqirlikka uchramaydi», degan gaplarni aytishgan. Ba’zi sharhchilarning ta’kidlashlaricha, «Muxtasari Quduriy»da o‘n ikki ming masala bayon qilingan. «Muxtasari Quduriy»ning sharhlari juda ham ko‘p. 3. «Muxtor». Aslida bu kitobning nomi «Muxtor lil fatvo» bo‘lib, uning muallifi Abdulloh ibn Mahmud ibn Mavdud Musiliy Hanafiydir. «Muxtor»ni Musiliy Hanafiy ba’zi ulug‘ kishilarning iltimosiga binoan, talabi ilmni endi boshlayotgan o‘quvchilar uchun yozgan. Unda asosan Imomi A’zamning qavllari va fatvolarini ixtiyor qilgan. Shuning uchun ham bu muxtasar kitobini «Muxtor» deb nomlagan. Ammo Musiliy Hanafiyning «Muxtor»ini ko‘pchilik, jumladan, katta fuqaholar ham o‘qishgan va yod olishgan. Kitob hamma tarafga tarqalib, shuhrati etti iqlimga yoyilgan. Keyin Musiliy Hanafiyning qarindoshlaridan biri kitobga boshqa faqihlar qaysi hukmni olganlariga ishora qo‘yib chiqishni iltimos qilgan. Bu ish ham amalga oshirilganidan keyin kitobning qiymati yana ham ortgan. Keyinchalik Musiliy Hanafiy o‘z kitobini dalil va hujjatlar keltirib sharh qilgan va unga «Al-ixtiyor» deb nom bergan. Bu ikki kitob keng tarqalgan va hozir ham qayta-qayta nashr qilinmoqda. «Muxtor»ni boshqa ulamolar ham sharh qilganlar. 4. «Multaqul abhur». Bu kitobning muallifi Ibrohim ibn Muhammad ibn Ibrohim Halabiy Hanafiydir (hijriy 956 sanada vafot qilgan). U kishi o‘z kitobini ba’zi odamlarning taklifiga binoan «Muxtasari Quduriy», «Muxtor», «Al-kanz» va «Muxtasari Viqoya» kitoblaridan foydalanib, oson til va uslub ila, dalillarni zikr qilmay yozgan. «Multaqal Abhur» ko‘pchilik tomonidan ma’qul ko‘rilgan va unga bir qancha sharhlar yozilgan. Kitobning sharhlari ichida «Majma’ul Anhur» boshqalaridan ko‘ra mashhurdir.(“Fiqhiy manbalar”, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 175 | Ta’lim va muta’allim