Salomatlik uchun karta o‘ynash

Assalomu alaykum! Biz do‘stlarimiz bilan ba’zi kunlari yig‘ilishib qolganimizda karta o‘ynab turamiz. Beg‘araz, pul tikishsiz, qimorsiz, lekin yaqinda shunday narsa bizda paydo bo‘ldi, ya’ni yutkazgan odam otjimaniya, ya’ni badan tarbiyasini kelishilgan miqdorda bajarish sharti qo‘yiladigan bo‘ldi. Karta o‘yinini shunday inson sog‘ligi tomoniga burib o‘ynasa xam xarom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar o‘zlaringizni o‘lmaymiz deb o‘ylaysizlarmi? O‘sha vaqtda jamiyatga yoki o‘zlaringizga foyda keltiradigan biror ish bilan shug‘ullansangizlar bo‘lmaydimi? Shu ketishda davom etsangizlar yaqinda birorta aqlli kelib o‘sha o‘yinga pul ham qo‘shib qo‘yadi. Gunohi sizlarga bo‘ladi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar. (Sunani Dorimiy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar