Karz masalasi

Assalomu alaykum Shayx xazratlari Uzr sizni yana bir bor bezovta kilyapman karz xakida bir savolim bor edi Bir kishi mendan bir oz pul karz oldi va oradan ancha vakt utdi. Men unga karzni kaytarishni aytdim u bulsa xup mayli deb uzini olib kocha boshladi, oradan ancha vaktlar utdi va men uni yana uchratib oxistalik bilan karzini tulashini talab kildim va kaytarmasa bulmasligini aytdim u bulsa menga kupollik kilib meni ranjitdi va men undan juda xafa bulib ketdim oradan bir necha oy utdi va usha mendan karz olgan kishi avtoxalokatda vafot etgani xakida eshitib koldim. Men usha kishini karzi xakida va meni xafa kilganliginii uylab bergan karzdan voz kechmadim (chunki karzdan kechmasam u to kiyomatgacha kabrda azoblanishini bilardim. Bunday kilish gunoxligini bilaman ammo u meni juda kattik xafa kilgandi) oradan ancha vakt utib vijdonim kiynalib bunday ish kilganimdan afsuslanib ketdim va uning katta akasini topib usha kishi mendan karzligini va agar iloji bulsa kaytarishini suradim. Akasi mayli dedi va kaytarishini aytdim en akasiga tel rakamimni va yashash joyimni koldirdim. Ming afsuslar bulsinki akasi na telfon kildi va na ukasini karzini kaytardi...Xurmatli Shayx xazratlari menga maslaxat bersangiz nima kilay karzdan voz kechib yuboraymi yoki yukOldingi Namoz xakida berilgan savolimga javob berganingizdan minnatdorman. Albatta siz aytgandek nomozni boshlayman.Kimmatli vaktingizni olganim uchun uzrXurmat bilanAkbar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qarzdan kechmaslik haqqingiz. Qarzni kechib yuborish fazlingiz. Istaganingizni qilishingiz mumkin. Kechmasangiz, gunohkor bo‘lmaysiz. Kechsangiz, savob olasiz.

30 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar