Marhumlar uchun qilinadigan marosimlar

Assalomu alaykum! Hozirda odam olamdan o‘tib qolsa undan keyingi ibodat marosimlari yani "3", "7"si keyin "payshanbalik" (3 marotaba),"40" "40 to‘ldi" "52" si keyin "yil to‘ldi"si shu kabi marosimlar o‘tkazilib kelinmoqda. Savol shu kabi ibodatlar haqida hadislar bormi qaerdan kelib chiqqan? Dinimiz bu haqida nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bularning birortasi ham islom dinida yo‘q. Butparast va nasorolardan kirib kelgan odat. Buni ibodat deyishning o‘zi joiz emas. Shariatimiz marhumlar ortidan kuni va miqdorini tayin qilinmasdan ehson qilishga targ‘ib qiladi. Lekin siz zikr qilgan narsalardan esa qaytaradi. Bu narsalarni tirikchilikka kasb topolmay qorin to‘yg‘azish uchun domlalar to‘nini kiyib olgan qalloblar o‘ylab chiqargan bo‘lishi ham mumkin. Hozirgi kunda ham bu ishlarga targ‘ib qiluvchilar o‘shandek “oshlarni” sog‘inib qolgan, o‘sha marosimlardan tushganidan tirikchilik qiladiganlardir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar