Qasr namozimning hukmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar men 2 oydan ko‘p bo‘ldiki Polsha davlatiga o‘qishga kelganimga. Kelishimdan oldin bilardim eng kamida 2 yil bu yurtda ta’lim olishimni. Kelishdan oldin yurtimizdagi bir domla bilan gaplshganimda qasr namozi o‘qiysiz degan edilar. Shu vaqtgacha qasr namozi o‘qib keldim. Yaqinda islom uz saytida shuni o‘qidimki, agar 15 kun va undan ko‘p qolishni niyat qilgan insonda musofirlik hukmlari vojib bo‘lmaydi ya’ni namozlarni ham to‘liq ado qiladi va shunga o‘xshash hukmlar. Endi nima qilishni bilmay qoldim. Qasr qilib o‘qigan namozlarimni qazosini o‘qiymanmi? Iltimos tushunishimga yordam bersangiz. Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazosini o‘qiysiz. Shu o‘rinda bir tavsiyani bermoqchimiz. Hozirgi kunda masala aytadigan kishilar, qo‘polroq qilib aytganda domla va otin oyining choponi va sallasini kiyib olganlar juda ko‘payib qoldi. Ular Allohning oldida javob berishdan qo‘rqadilarmi yoki yo‘qmi o‘zlariga havola. Bu bilan bizni ishimiz yo‘q. Aytmoqchi bo‘lganimiz dinni o‘rganayotganlar boshiga tushgan holatning masalasini so‘rayotganlar soha mutaxassisiga murojaat qilsinlar. Chunki bizga juda ko‘p hollarda siz kabi “bir domladan so‘rasak bo‘laveradi degan edi” deb murojaat qilganlar juda ko‘p. Nikoh o‘qitib oldik deb oila qurib, farzandlar ko‘rib, endi o‘qib bilishmizcha nikohimiz to‘g‘ri bo‘lmagan ekan deganlar ham ko‘p. Ayanchlisi ularning “Biz bilmagan ekanmiz” degan gaplari Allohning huzurida o‘tmay qolishidir. Chunki ularga ham ilm olish farz ekanligi ma’lum edi, imkoniyat bor edi, asosiysi majnun emas, balki aql berilgan komil insonlar edi. Madrasani bitirganlar fatvo berishlari joizmi? Albatta yo‘q. Ma’hadni bitirganlar fatvo berishlari joizmi? Yo‘q. Fatvo berish uchun fiqh taxassusini o‘qigan va fatvo beruvchining oldida malaka oshirgan, holatni ham to‘g‘ri baholay oladigan, fatvoga ijoza olgan va doimiy ravishda katta ulamolar bilan aloqada bo‘lgan bo‘lishi shart. Diniy muassasalarni bitirganlar dalilini keltirib ulamolarning so‘zlarini naql qilib berishlari mumkin. Shunday bo‘lganidan keyin qolgan kishilar fatvo borasida yo‘q hisoblanishadi. Oddiy misol ibn Abbos roziyallohu anhumo oldilariga bir keksa kishi kelib, “Ayolimni o‘psam ro‘zam ochiladimi” deb so‘radi. U zot “Yo‘q, ochilmaydi” dedilar. Biroz vat o‘tib bir yosh yigit kelib ayni o‘sha masalani so‘ragan edi u zot “Ha, oiladi” dedilar. Yonlarida o‘tirgan shogirdlari xayron bo‘lib, “Bir savolga ikki xil javob berdingiz a” deyishgan edi, “Holatga qarab javob berdim” dedilar. “Chunki birinchi so‘ragan inson yoshi keksa bo‘lib, uning ayolini o‘pishi o‘sha o‘pich bilan tugaydi. Yigitning o‘pishi esa, qolgan ishlarga ulanib ketib ro‘zasini buzilishiga sabab bo‘ladi” deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:24 | Savol-javoblar | 130 | Ibodatlar