Zakot berishga qarshilik qilish oqibatlari

Assalomu alaykum! Men xolamga zakot bermoqchi edim. Ayolim bunga qarshilik qilib men bilan janjal qilib, turli baxonalar qilayapti. Buning oqibatlari nimaga olib kelishi qanday tushuntirishni bilmayapman. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot Qur’on oyatlari va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan farz bo‘lgan. Musulmonlar barcha asrlar va o‘lkalarda zakotning farzligiga ijmo’ qilishgan.
Qur’oni Karimda zakotning farzligi va uning fazilatlari haqida bir necha oyati karimalar nozil bo‘lgan. Qur’oni Karimda «zakot» so‘zi o‘ttiz martadan ortiq kelgan bo‘lsa, shundan yigirma ettitasida u namoz bilan birga zikr qilingan. وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ۝ «Namozni to‘kis ado etinglar, zakot beringlar va Rasulga itoat qilinglar. Shoyadki, rahm qilinsangiz» (Nur surasi, 56-oyat).عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا أَدَّيْتَ زَكَاةَ مَالِكَ، فَقَدْ قَضَيْتَ مَا عَلَيْكَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Molingning zakotini ado qilgan bo‘lsang, batahqiq, zimmangdagi(burch)ni bajaribsan», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Kim zakotning farzligini inkor qilsa, kofir bo‘ladi, u uch marta tavba qilishga chaqiriladi. Tavba qilsa – qildi, aks holda unga nisbatan «murtad» degan hukm chiqariladi. Islomga yangi kirgani tufayli yoki chet joylarda johil bo‘lib o‘sgani uchun zakotning farzligini inkor qilgan odamga esa tushuntiriladi va o‘rgatiladi, darhol kofir deb hukm qilinmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 164 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar